Geterogen sistemalar uchun fazalar qoidasi 1-§. Gomogen kimyoviy jarayonda muvozanat. Muvozanat sharoitlari. Le-Shatele printsipi



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə20/35
tarix28.11.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#138629
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35
2-maruza. Kimyoviy muvozanat

Elektrolit eritmalari. Raul qonunlari elektrolit eritmalari – elektr toki oʻtkazadigan eritmalar (hatto cheksiz suyultirilgan) uchun ham bajarilmaydi. Bu ogʻishlarni hisobga olish uchun Vanʻt-Goff yuqoridagi tenglamalarga tuzatish kiritdi – bu izotonik koeffitsient i hisoblanadi, bu koeffitsient erigan moddaning molekulalarining dissotsilanishi(ajralishi)ni hisobga oladi.

Teritma =iKm (5.15)


Tb =iEm (5.16)


Elektrolitlar eritmalarining Raul qonunlariga boʻysunmasligi va Vanʻt-Goff printsipi S.A. Arrenius tomonidan elektrolitik dissotsilanish nazariyasini yaratilishining boshlanish nuqtasi boʻlib xizmat qildi.


Shunday qilib, bu tenglamalar faqat erituvchining xususiyatlarini oʻz ichiga oladi.
Teritma va ∆Tb gram–molekulalar soniga proportsional(mutanosib) ravishda oʻzgarib turishi va har bir gram–molekulada bir xil miqdordagi molekulalar (6,024∙1023) boʻlganligi sababli, eritmaning bu xususiyatlari faqat erigan moddaning zarrachalari soniga bogʻliq.
Demak, Raulning ikkinchi qonuni: qaynash nuqtasining oshishi va eritmalarning muzlash nuqtasining pasayishi erigan moddaning zarrachalari soniga proportsional(mutanosib)boʻlib, ​​uning tabiatiga bogʻliq emas.
Agar binar eritmaning tarkibiy qismlari uchuvchan boʻlsa, u holda eritma ustidagi bug’ ikkala komponentni oʻz ichiga oladi (bugʻ tarkibidagi komponentlarning nisbiy tarkibi, qoida tariqasida, eritmadagi tarkibidan farq qiladi: bugʻ nisbatan qaynash nuqtasi pastroq boʻlgan komponentga boyroq boʻladi). Bir – birida cheksiz eriydigan A va B komponentlaridan iborat ideal binar eritmani koʻrib chiqamiz. Bugʻning umumiy bosimi, Raulning birinchi qonuniga binoan

(5.17)

Shunday qilib, ideal binar eritmalar uchun toʻyingan bugʻning umumiy va partsial bosimining B komponentining mol fraktsiyalarida ifodalangan eritma tarkibiga bogʻliqligi har qanday kontsentratsiyada chiziqli boʻladi (2.10-rasm).



Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə