2 5
Abu Rayhon Be runiy «Aholi
yashaydigan yerlar orasidagi maso-
falarning oxirgi chegarasini aniqlash»
degan asarida deydi: «...
tosh va
shag‘allar hamda zarrachalar turli
kuch ta’siri bilan tog‘dan ajraladi:
keyin ular uzoq vaqt davomida suv
va shamol kuchi tufayli qirrasi sinib
silliqlashadi hamda donachalar —
qum va changlar paydo bo‘ladi.
Agarda bu shag‘allar daryo o‘zanida
to‘plansa, orasiga gil va qum kirib,
butun bir xamirga aylanadi. Vaqtning
o‘tishi bilan aralashgan narsalar suv
tagiga ko‘milib ketadi. ...Agar biz ana
shunday dumaloq toshlardan tashkil
topgan tog‘larni uchratsak, ular
albatta yuqorida yozganimizdek pay-
do bo‘lgan, desak bo‘ladi. Ular yer
ustida
yoki qatlamlar orasida uch-
rashi mumkin. Bunday jarayon uzoq vaqt davom etadi va bizning
tasavvurimizdan tashqaridagi doimiy o‘zgaishlar bilan bevosita bog‘-
langan holda yuz beradi».
1
Ko‘rinib turibdiki, Abu Rayhon Beruniy daryo vodiylarida tog‘ jins
qatlamlarini, ularning yotish holatlarini, tarkibi, xossa va xususiyatlarini
tahlil qilgan va to‘g‘ri xulosa chiqargan. Shu bilan birga qum, gil
zarrachalarining uzoq geologik o‘tmish bilan tabiatdagi boshqa hodisa
va jarayonlar bilan bog‘liq holda paydo bo‘lishini tushuntirib bergan.
Yana: «...Dengiz o‘rni quruqlik, quruqlik o‘rni dengiz bilan alma-
shadi, ...dengiz izi yotqiziqlarini quduq va hovuzlar qazilgan vaqtdagi-
na qum ostidan topish mumkin. Shunga monand holat, ya’ni dengiz
yotqiziqlariga tegishli baliq suzgichlarini
saqlagan toshlar Jurjon va
Xorazm o‘rtasidagi qumlar ostida ham uchrab turadi. Chunki bu yerda
ham o‘z vaqtida ko‘l bo‘lgan»
2
deyishi bilan yerning ichki va tashqi
qismida yuz beradigan hodisalar va bu hodisalar natijasida vujudga
keladigan ko‘tarilish va pasayish (cho‘kish) jarayonlariga e’tibor bergan.
Uning
quduqlar, hovuzlar qaziganda yer qatlam jinslari tarkibining
o‘zgarishiga bergan e’tibori va fikri keyinchalik yer qatlamlarini burg‘u
quduqlari (skvajina) qazish yo‘li bilan o‘rganish mumkinligi haqidagi
nazariyaning paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lgan deyish mumkin. Abu
Rayhon Beruniy yer qatlamlarini o‘rganish bilan shu qatlamlarni tashkil
1
A. M. Belinskiy,
Abu Rayhan Beruniy, LGU, 1949, 207-b.
2
Ñ.Ë. Âîëèí. Ê èñòîðèè äðåâíåãî Õîðåçìà, M., 1941, 191-b.
2.4-rasm.
Dostları ilə paylaş: