Gimnastikaning rivojlanish tarixi


O’ZBEKISTONDA GIMNASTIKANING RIVOJLANIShI



Yüklə 41,75 Kb.
səhifə3/5
tarix22.05.2023
ölçüsü41,75 Kb.
#112090
1   2   3   4   5
GIMNASTIKANING RIVOJLANISH TARIXI

O’ZBEKISTONDA GIMNASTIKANING RIVOJLANIShI.
Har bir davlat, jamiyat jismoniy madaniyatning umumiy tarixi bo’yicha, aynan o’ziga xos bo’lgan an’analarga egadir. Gimnastika bo’lg’usi sport turi sifatida, o’zgarib turgan turli tuzumlar sharoitidagi jismoniy tarbiyaning an’anaviy va noan’anaviy vositalari majmuiga asoslangan edi.
O’rta Osiyo hududida, jumladan, O’zbekiston davolash, sog’lomlashtirish, Amaliy jismoniy madaniyatning elementlari va yo’nalishlari ilmiy asoslangan tarixiy ildizlariga egadir. (Alpomish, Ibn-sino, Amir Temu rva boshqalar).
Mazkur ma’lumotlar, qo’llaniladigan vositalar, O’zbekiston aholisi alohida guruhlardajismoniy qobiliyatlarni namoyon bo’lishi va rivojlanishi haqida keng tasavvur beradi.
Ushbu sport turida jismoniy madaniyat Bilan shug’ullanuvchilarning kata guruhi murakkab mashqlar va kombinatsiyalarni yuksak texnik darajada bajarishni qisqa vaqt ichida o’rgana olar edilar.
Joylarda bolalar uchun sport maktablarining tashkil etilishi, gimnastikachilarning turli musobaqalardagi chiqishi, birinchi sport ustalarining (masturlari) eng yaxshi yutuqlari, Olimpiya o’yinlarida ishtirok etish, mustaqil O’zbekiston Respublikada sportlarning yangi mavqei;
Yuksak natijalarga erishgan gimnastikachilar mahorati-bularning barchasi shu ajoyib sport tarixini tashkil etadi. Jahonning Taniqli sportchilari orasida O’zbekiston gimnastikachilari qanday o’ringa ega bo’lishgan? Ular Respublika nuuzini ko’tarishga qanday hissa qo’shishmoqda?
Mustaqillikka erishgach, respublika rahbariyati jahonda davlatimiz nufuzini ko’tarishga ularning ham qo’shayotgan hissalarini yuqori baholamoqda. Shuning uchun ham bizning gimnastikachilar haqidagi ma’lumotlar yurtimizda sodir bo’layotgan ratsional o’zgarishlarni yaqqol ko’rsatib beradi.
Fanning tarixiy qimmatini shu fan rivojlanish tarixi, o’tmish xotiralari, xalq an’analariga hurmat, ma’naviy boylik, o’quv mashg’uloti uchun nazariya, talaba va tinglovchilarni o’qitish uchun uslubiyat tashkil etadi.
Bizning vazifamiz «Tanlangan sport turi» mashg’uloti bo’yicha zarur bo’lgan «O’zbekistonda gimnastikani rivojlantirish tarixi» mavzusi borasida ma’lumotlarni to’plashdan iborat edi. O’ylaymizki, keyinchalik mavzu qo’shimcha ma’lumotlar Bilan boyib boradi.

Yüklə 41,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə