Global iqtisodiy rivojlanish


Bu yerda raqobatning turli darajalarini yoki sohalarini farqlash lozim



Yüklə 44,86 Kb.
səhifə7/11
tarix27.09.2023
ölçüsü44,86 Kb.
#123902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Global iqtisodiy rivojlanish

Bu yerda raqobatning turli darajalarini yoki sohalarini farqlash lozim:
- xususiy sektorda (mikroiqtisodiy darajada), global iqtisodiy integratsiya nafaqat moliyaviy, balki tovarlar va mehnat bozorida ham o‘z samarasini beradi, ya’ni sotuvchi narxlarining (tannarx va bozor bahosi o‘rtasidagi farq) pasayishiga hamda ish haqini ortiqcha to‘lash oqibatida vujudga keladigan xarajatlarning qisqarishiga olib keladi;
- davlat sektorida (makroiqtisodiy darajada) global iqtisodiy integratsiya yangi davlatlarning (raqobatchilar) global bozor ishtirokchisiga aylanishi tufayli jahon bozoridagi raqobat keskinlashadi.
Hozirgi davr dunyo g'oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo'lib borayotgan davrdir. Dunyoda globallashuv, axborot oqimining tezlashuvi va intensiv-lashuvi, universal texnologiyalar bilan bog'liq umumbashariy jarayonlar jadallashib bormoqdi. Bunday sharoitda mafkuraviy vositalar orqali o'z ta'sir doirasini kengaytirishga intilayotgan siyosiy kuchlar va harakatlar ham yo'q emas. Tajovuzkor millatchilik va shovinizm, neofashizm va fundamentalizm, irqchilik va diniy eksteremizm mafkuralari shular jumlasidandir. Natijada dunyoda inson qalbi va ongini egallash uchun kurash tobora kuchayib bormoqda.
Umuman olganda, barcha tadqiqotchi olimlar global o'zgarishlar madaniy o'ziga xosliklarga, ayniqsa o'sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasiga, ularning ongi va mafkurasiga ta'sirini o'tkazishini ta'kidlaydilar. Yosh avlodning miyasi hali yozilmagan oq qog'oz misoli toza bo'ladi. Unga nima yozilsa, kiritilsa, o'sha narsa namoyon bo'ladi. Biroq ushbu ta'sir doirasi to'g'risida har xil munosabat bildiradilar. Ma'lumki, xar kanday kasallikning oldini olish uchun avvalo, kishi organizmida unga karshi immunitet xosil kilinadi. Biz xam farzandlarimizni ona vatanga muxabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning mukaddas diniga sadokat ruxida tarbiyalash uchun, avvalo ularni kalbi va ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirish lozim. Toki yoshlarimiz milliy uzligini, shu bilan birga, dunyoni chukur anglaydigan, zamon bilan baro-bar kadam tashlaydigan insonlar bulib etishsin. Ana shunda joxil akida parastlarning da'vati xam, mutlako begona goyalari xam ularga uz ta'sirini utkaza olmaydi. Imom Buxoriy (810-870), "Bolaning tabiati islomiy (bu o'rinda "ishonuvchan") bo'ladi, uni qanday g'oyalar bilan to'ldirish ota-ona va ustozga bog'liq".
Globallashuv jarayonida internet yangi aloqaviy vositadir. Globallashuv jarayonida kishilar internetdan xohlagan manbani topadi. Internet ko'pchilikni birlashtiradi yoki ajratishi ham mumkin, bundan tashqari agressiv maqsadda ishlaydi, ya'ni u mafkuraviy urush qurolidir, buni ilmda «kiberterrorizm» deydi.
Aslida axborot sohasidagi globallashuv insoniyat uchun, dunyoning barcha hududlaridagi odamlarning o'zaro muloqoti uchun, ilm-fan va madaniy boyliklarni o'zlashtirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadigan jarayondir.
Global miqyosda insoniyatning ba'zi masalalarda murosaga yuzlanishiga to'g'ri keladi. Shulardan biri, bizningcha, internetda terrorizmni parvarishlovchi sahifalarni nazorat qilishga yo'naltirilgan hamkorlikdir. Shunisi qiziqki, bu veb sahifalarning qurboni faqatgina yoshlar emas, balki katta yoshdagi kishilar ham o'zining ma'naviy boyligining to'liq emasligi hamda buzg'unchi g'oyalarga moyilligi tufayli qurbonga aylanmoqdalar.


Yüklə 44,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə