Global iqtisodiy rivojlanish


Jahon iqtisodiyotini globallashuv ini qarama-qarshiliklar



Yüklə 44,86 Kb.
səhifə5/11
tarix27.09.2023
ölçüsü44,86 Kb.
#123902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Global iqtisodiy rivojlanish

Jahon iqtisodiyotini globallashuv ini qarama-qarshiliklar
Globallashuv jarayonining hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy sababi esa, birinchi Prezidentimiz qayd etganlaridek, bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo'shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan chambarchas bog'lanib borayotganidadir. Biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmaydi.10
Har bir ijtimoiy xodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo'lganidek globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas.
Globallashuvning ijobiy tomoni shundan iboratki, u xalqlarning, davlatlarning, milliy madaniyat va iqtisodiyotlarning yaqinlashishini tezlashtiradi, ularning rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
Globallashuvning salbiy tomoni esa, ko'p ming-ming mayda, qoloq etnik guruhlar va millatlarning madaniyati, tili, rasm-rusmlari jahon bo'ylab kuchayib borayotgan globallashuv jarayonlarida katta millatlar, yirik milliy madaniyatlar, boy tillar bilan raqobatlasha olmay, o'z-o'zidan faol ijtimoiy-iqtisodiy, lisoniy-zaboniy hayotdan chetga chiqib qolmoqda. Bunday sharoitda har bir ongli fuqaroning vazifasi - o'z millatining raqobatbardoshligini ko'tarish, buning uchun uning faol siyosati, tadbirkor iqtisodiyoti, madaniyatida salmoqli yutuqlari uchun kurashishdir.
Iqtisodiy globallashuv – bu tarixiy jarayon bo‘lib, inson kashfiyotlari va texnologik taraqqiyotning natijasidir. U jahon iqtisodiyotida integratsiyalashuv jarayonlarining jadallik bilan o‘sib borishini (xususan, savdo va kapital oqimlari orqali) anglatadi. Bu tushuncha ba’zan insonlar (ishchi kuchi) va ilm-fanning (texnologiya) xalqaro hududlar bo‘ylab harakatini ifodalashda ham ishlatiladi. Bundan tashqari, globallashuv tushunchasi keng madaniy, siyosiy va iqtisodiy holat bilan bog‘liq o‘lchovlarni ham qamrab oladi. Bu tushunchaning ishlatilishi XX asrning 80- yillarida ommaviy tus olgan bo‘lib, u o‘zida xalqaro o‘tkazmalarni amalga oshirishni soddalashtiruvchi va tezlashtiruvchi texnologik imkoniyatlarni aks ettirgan. U inson iqtisodiy faoliyatining turli darajalarida asrlar davomida amal qilib kelgan o‘sha bozor kuchlarining[1] milliy chegaralarni e’tiborga olmay uzluksiz kengayishini anglatadi.
Bozorlar raqobat va ishchi kuchining ixtisoslashuvi orqali samaradorlikni rag‘batlantiradi, ya’ni insoniyat imkon qadar samaradorlikka intiladi. Global bozorlar insoniyatga jahon bo‘ylab ko‘proq va kattaroq bozorlardan foydalanish borasida kengroq imkoniyatlarni taqdim etadi. Bu shuni anglatadiki, ular yanada ko‘proq kapital oqimi, texnologiya, arzon import va yirik eksport bozorlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Lekin bozorlar samaradorlikning oshishidan ko‘riladigan manfaatlarni barcha uchun teng taqsimlanishini kafolatlay olmaydi.
Globallashuv kechagina sodir bo‘lgan voqelik emas. Ba’zi tahlilchilar jahon iqtisodiyoti 100 yillar oldin ham bugungi kundagidek globallashganligini e’tirof etadilar. XIX asr oxirlariga kelib, milliy daromad tarkibidagi tashqi savdo oqimining ulushi deyarli bugungi kundagidek edi, zero, kapital, transferlar nisbatan yirikroq, insonlarning ko‘chib o‘tishi darajasi immigratsiyaga to‘siqlarning mavjudligiga qaramay bugungi kunga nisbatan yuqoriroq bo‘lgan. Lekin shuni tan olishimiz kerakki, bugungi kunda tijorat va moliyaviy xizmatlar avvalgi davrdagiga nisbatan ancha taraqqiy etgan va chuqur integratsiyalashgan.

Raqamli iqtisodiyot nega kerak va u nima beradi?
Jahon iqtisodiyotidagi globallashuv jarayoni hozirgi bosqichining asosiy farqli xususiyati zamonaviy elektron kommunikatsiyalari tufayli moliya bozorlarining yanada integratsiyalashganligidir. Globallashuv XX asrning oxirgi o‘n yilligida hukmron kuchga aylandi va o‘ziga xos yangi xususiyatlar kasb etdi:
- yangi bozorlar (ya’ni zamonaviy vositalar bilan tinimsiz ishlovchi o‘zaro bog‘langan moliya bozorlari, global iste’mol mollari bozorlari, elektron-tijorat va sh.k.);
- yangi o‘yinchilar (ya’ni multimilliy korporatsiyalar, Jahon savdo tashkiloti, hududiy bloklar);
- yangi qoidalar (ya’ni savdodagi ko‘p tomonlama kelishuvlar, inson huquqlari va global muhit bo‘yicha konvensiyalar);
- yangi aloqa vositalari (ya’ni, telefon, faks, elektron pochta).
Bundan tashqari, globallashuv tovarlar va kapitallarning harakatidagi ob’yektiv va sub’yektiv to‘siqlarning olib tashlanishi natijasida davlatlararo aloqalarning rivojlanib borishini anglatadi.

Yüklə 44,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə