Global iqtisodiy rivojlanish



Yüklə 44,86 Kb.
səhifə6/11
tarix27.09.2023
ölçüsü44,86 Kb.
#123902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Global iqtisodiy rivojlanish

Ob’yektiv to‘siqlarning bekor qilinishi dengiz, havo transporti va aloqa xarajatlaridagi pasayish tendensiyalarida o‘z ifodasini topdi. Dengiz va bandargoh xarajatlari 1920 va 1990 yillar orasida taxminan 60 foizga qisqardi.(1) Havo transporti xarajatlarida yanada keskinroq kamayish kuzatildi va sayohat vaqti ham sezilarli darajada qisqardi.
Sub’yektiv, ya’ni insoniyatning o‘zi o‘ylab topgan to‘siqlar (kvota va tariflar)ga ham asta-sekin barham berilmoqda. 1947 yillarda tovarlar importiga tariflar o‘rtacha 47 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1980 yillarga kelib ular 6 foizga tushib qoldi.
Darhaqiqat, globallashuvning zarurati mamlakatimiz tashqi savdodasida hamkor davlatlarning ahamiyati va integratsiyaning zaruratini o‘zida aks ettirmoqda. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish sur’atlarini mustahkamlash, savdo munosabatlarnini erkinlashtirish blan birga kapital va ishchi kuchi xarakatini soddalashtirilishida integratsion jarayonlarning roli o‘zining dolzarbligini ko‘rsatmoqda.
So‘nggi vaqtlarda Jahon Savdo Tashkiloti (JST), YevroOsiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) haqida, unga mamlakatimizni qo‘shilish qo‘shilmaslik masalalari, umuman olganda xalqaro iqtisodiy integratsiyalarning foyda va zararlari xususida turlicha qarashlar paydo bo‘ldi. Ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan globallashuv va so‘nggi kuzatuvlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, xalqaro savdo, moliya, kapital va kreditlar hamda axborot oqimi, shuningdek, integratsiyalashgan bozorlarning kengayishi va tobora chuqurlashi yuz bermoqda.
Ayni paytda, kapital oqimi ustidan nazorat qilishga barham berilmoqda, xususan, Bretton Vuds qat’iy valyuta kursi tizimiga 1971 yillarda nuqta qo‘yilgach, yetakchi valyutalar erkin suzish rejimiga o‘tdi, Yaponiya, Daniya, Ispaniya kabi yetakchi davlatlarda kapitallarning harakati bo‘yicha mavjud cheklovlar to‘liq bekor qilindi.
Umuman olganda, globallashuv xususiy sektorlar va hukumatlarni xalqaro raqobatga chorlovchi global iqtisodiy integratsiyalashuvni texnologik va siyosiy jihatdan harakatlantiruvchi jarayon hisoblanadi.

Yüklə 44,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə