Global iqtisodiy rivojlanish



Yüklə 44,86 Kb.
səhifə1/11
tarix27.09.2023
ölçüsü44,86 Kb.
#123902
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Global iqtisodiy rivojlanish


Sobirov Shohruhbekning
Global iqtisodiy rivojlanish" fanidan

Tayyorlagan



MUSTAQIL ISHI


Mavzu: TRANSMILLIY KORPORATSIYALARNI JAHON IQTISODIYOTINI GLOBALLASHUVIDAGI O'RNI

Jahon iqtisodiyotini glaballashuvi tufayli vujudga keladigon xavf-hatarlar
O’zbekistonning ijtimoiy jihatdan yo’naltirilgan o’z bozor iqtisodiyoti modelida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish va mustahkamlash, respublikaning jahon xo’jalik aloqalariga birlashish yo’llarini belgilash asosiy o’rin egallaydi. O’z modelida ijtimoiy jihatdan yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining rivojlanishi va respublika integratsiyasi yo’nalishlarining jahon xo’jalik aloqalarida mustahkamlanishi asosiy o’rin egallaydi.
“Ochiq” turdagi iqtisodiyotning shakllanishi sharoitida rivojlangan tashqi iqtisodiy aloqalar tizimida bo’lgan har bir davlatning xalqaro mehnat taqsimotida o’z o’rni, dunyo xo’jalik tizimida o’z “Javoniga” ega bo’lishi muhimdir. CHunki faqat o’z kuchiga ishonish davri o’tmishga ketmoqda. Bunday kurs pirovard natijada milliy va ijtimoiy rivojlanish tormoziga aylanadi, resurslarni noratsional ishlatadigan aloqalar bozor iqtisodiyotiga o’tish harakatini qiyinlashtiradi. Hatto katta hududga, ko’p milionli aholiga, xilma-xil resurslarga ega bo’lgan mamlakatni bugungi kunda boshqa mamlakatlar bilan doimiy va eng iqtisodiy aloqalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. O’zbekiston Respublikasi ham bundan mustasno emas. 1991 yil avgust oyida davlat o’z suverenitetiga ega bo’lgan paytdan boshlab, o’zi tanlagan tashqi iqtsodiy siyosatini mustaqil xalqaro huquqiy sub’ekt sifatida olib bormoqda. Bu siyosatning asosiy maqsadi O’zbekistonning haqiqiy ochiq iqtisodiyotini va jahon iqtisodiyoti tizimi uning integratsiyasini izchil ro’yobga chiqarishdir.
Respublikaning xalqaro hamkorlikda va jahon Mehnat Taqsimotida ishtirok etishi uning tabiiy-iqtisodiy, transport, geografik va madaniy-tarixiy merosga xos bo’lgan imkoniyatlaridan kelib chiqadi.
O’zbekiston ulkan tabiiy resurslar potensialiga ega bo’lib, birinchi navbatda, mineral xom ashyo resurslariga, iqtisodiy ishlab chiqarish va aholi potensialiga, gepotologik yondashish jihatidan faqat evroosiyo qit’asi emas, balki hozirgi kunda tiklanayotgan Buyuk Ipak yo’lida ham muhim strategik o’rin egallaydi.
O’zbekistonning Xalqaro Mehnat Taqsimotida ishtirok etish rolini ham aynan shu pozitsiyalardan ko’rib chiqish zarur. O’zbekiston oltin ishlab chiqarish umumiy hajmi bo’yicha dunyoda sakkizinchi va uning aholi jon boshiga belgilangan ishlab chiqarishi bo’yicha beshinchi o’rinni egallaydi; respublikada 30 ta oltini bor qazilmalar topilgan bo’lib, hozircha faqat o’ntasi ishga tushirilgan. O’zbekiston oltinining sifati jahon oltin standartlariga to’liq javob beradi, oxirgi yillarda uch marotaba xalqaro mukofatlariga erishdi.
Muruntovdagi (Navoiy viloyatida) oltini bor qazilmalarning (olinayotgan va miqdori va sifati jihatidan) jahonning eng katta oltin konlari Klondayk (AQSH), Vitvaterrand (YuAR), Kolar (Hindiston) bilan bir qatorga qo’yish mumkin. Yuqori probali qimmatbaho metal bu erda chorak asrdan beri qazib olinmoqda. Uni qazib olish arzon, ochiq yo’l bilan borayapti. SHunday qilib davlat suvereniteti sharoitida Respublika o’z oltiniga o’zi xo’jayin bo’lib, jahon oltin bozorida teng huquqli hamkor bo’lishi mumkin. Lekin oxirgi paytda jahon bozorining oltin bilan o’ta to’yintirilishi tendensiyalari ro’yobga chiqishi munosabati bilan qimmatbaho metallning sifatiga bo’lgan talab ancha-muncha yuqoriroq bo’layapti.
Masalan:1991 yilda Jahon bankining ko’rsatgichlariga ko’ra, bu farq 220-320 tonnaga etdi. Bunday sharoitlarda oltinga bo’lgan narx-navoni qat’iy ravishda ushlab turish mushkul bo’lib qoladi, chunki Sobiq Ittifoqning parchalanib, uning o’rniga Yangi mustaqil davlatlarning tashkil topishi G’arb mamlakatlarini va Yaponiyani juda bezovta qilib qo’ydi. Binobarin, ular dunyoda eng katta oltin importyori va iste’molchisi edilar. SHuningdek, jahon bozorida O’zbekiston oltinini sotishda g’oyatda omilkorlik zarur.
Mustaqilligimizning 14 yilligi keng nishonlanayotgan shu kunlarda xalqaro milliy va siyosiy doiralar vakillari O’zbekistonda mustaqillik yillarida erishilgan natijalarga o’z baholarini bermoqda. Xususan, “Jahon” axborot agentligi muxbiri Vashingtonda AQSHning etakchi ilmiy muassasalaridan biri hisoblangan Jon Xopkins universiteti qoshidagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti direktori, taniqli olimi Frederik Star bu boradagi fikrlarni bildirdi.
- Janob Star, shu kunlarda O’zbekiston xalqi mamlakat mustaqilligining o’n uch yilligini keng tantana qilmoqda. Albatta bu tarix uchun qisqa muddat. SHunga qaramasdan, amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalarga baho berish imkoniyati mavjud.
- Hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, o’tgan o’n uch yil mobaynida O’zbekiston yirik ishlarni amalga oshirdi. Bir qator omillarni sanab o’tish mumkin: O’zbekiston mustaqil davlat sifatida o’z chegaralari dahlsizligini ta’minlay oldi. Bugun mamlakat sarhadlari kuchli himoyaga ega. Mamlakatga yirik hajmdagi sarmoyalar kirib keldi. Ayni vaqtda O’zbekiston iqtisodiyotining turli jabhalarida barqaror o’sish kuzatilmoqda. O’tgan davr mobaynida mamlakat mintaqada va xalqaro maydonda o’zining mustahkam o’rniga ega bo’ldi. Markaziy Osiyo mintaqasining yalpi taraqqiyotiga xizmat qiluvchi yirik g’oyalarning tashabbuskoridir. SHu yilning may oyida Ostonada (Qozog’iston) Markaziy Osiyo rahbarlarining uchrashuvida O’zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov Markaziy Osiyoda yagona bozor yaratish g’oyasini ilgari surdi. Bu benixoya ijobiy va muhim qadamdir. Mintaqa davlatlari, xorijiy mamlakatlar, xususan AQSH bu g’oyani amaliyotga tadbiq etishga jiddiy e’tibor qaratmog’i lozim dedi janob Star.
O’zbekiston terrorizm nima ekanini faqat so’zda emas, balki hayotiy tajribada ham yaxshi biladi. O’zbekiston terrorizm muammosiga o’z vaqtida jiddiy yondasha bildi va bu borada izchillik bilan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Bu nafaqat mamlakat, balki mintaqa xavfsizligi uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Xususan, O’zbekiston AQSH uchun mazkur muammoga qarshi kurashdagi ishonchli hamkoridir.
Ta’kidlash lozimki, bugungi dunyoda hamma narsa bir-biri bilan bog’langan. Toshkentdagi terrorchilik harakatlarini amalga oshirgan kuchlar bilan Yaqin SHarq va Janubiy Osiyodagi terrorchi tashkilotlar o’rtasida bog’liqlik mavjudligi ham bor gap. Tashqaridan kelayotgan moddiy va g’oyaviy ozuqa Markaziy Osiyodagi terrorchi guruhlarni rag’batlantirmoqda.
Xalqaro hamjamiyat Markaziy Osiyo xavfsizligiga daxl qilayotgan “Xizb-ut-tahrir” va shu kabi kuchlar tahdidini yaxshi anglagan holda mazkur muammoga etarlicha e’tibor qaratmog’i lozim.
Umuman, so’nggi vaqtlarda bir hollarni kuzatish mumkinki, “Xizb-ut-tahrir”ning tinchliksevar harakat ekanini haqidagi illyuziyalar tobora kamayib bormoqda, bu harakat bir kasallikka o’xshaydi. Unga qarshi zarur chora-tadbirlarni ko’rish kerak.
O’zbekistonning mintaqa xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlari narkotik moddalar kontrabandasiga qarshi kurashda ham yaqqol ko’zga tashlanadi.
Afg’onistonda etishtirilayotgan va ishlab chiqarilayotgan narkotik moddalar nafaqat O’zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasi, balki dunyo mamlakatlari uchun yirik muammolardan biridir.
O’zbekiston mazkur muammoni bartaraf etishda boshqa mamlakatlar, barcha tegishli xalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilayotganini alohida ta’kidlab o’tish joiz.
Markaziy Osiyoda narkotiklar muammosi haqida gapirganda, bir omilga e’tibor qaratish kerak: “Mahsulot”ning deyarli 100 %i evropa mamlakatlariga kelib tushadi. Ya’ni mahsulot uchun iste’mol bozori mavjud. SHuning uchun evropa Ittifoqi mamlakatlari mazkur muammoni bartaraf etishda masalaning ayni shu jihatini e’tiborga olib, Markaziy Osiyoga narkotiklarga qarshi kurashga ko’proq e’tibor qaratmog’i, kerak bo’lsa, zarur moliyaviy yordam ko’rsatmog’i lozim.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 20 oktyabr kuni Oksaroyda NATO Bosh kotibi Yaap de Xoop Sxefferni qabul kildi. O’zbekiston NATO bilan hamkorlikka muhim ahamiyat berishini ta’kidladi.
- “Tinchlik yo’lida hamkorlik” dasturi doirasidagi hamkorlik ayniqsa alohida e’tiborga ega, - dedi Islom Karimov. – O’zbekiston NATO bilan munosabatlarini qadrlaydi va o’zaro hamkorlikni izchil rivojlantirish tarafdori.
Mamlakatimizning ushbu tashkilot bilan munosabatlari faqat harbiy sohani rivojlantirish va xavfsizlikni mustahkamlash borasidagi hamkorlik bilan cheklanmaydi. Fan-ta’lim, iqtisodiyot kabi sohalar, shuningdek tabiiy ofatlarning oldini olish bo’yicha NATO mutaxassislari bilan maslahatlashuvlar o’tkazilmoqda, tadqiqotchilar o’zaro tajriba almashmoqdalar. Birgalikdagi mashklar o’tkazilmoqda, alyansning maxsus o’quv kurslarida O’zbekiston Qurolli kuchlarining vakillari malaka oshirib, jangovor tayyorliklarini takomillashtirmoqdalar.
Globallashuv kechagina sodir bo‘lgan voqelik emas. Ba’zi tahlilchilar jahon iqtisodiyoti 100 yillar oldin ham bugungi kundagidek globallashganligini e’tirof etadilar. XIX asr oxirlariga kelib, milliy daromad tarkibidagi tashqi savdo oqimining ulushi deyarli bugungi kundagidek edi, zero, kapital, transferlar nisbatan yirikroq, insonlarning ko‘chib o‘tishi darajasi immigratsiyaga to‘siqlarning mavjudligiga qaramay bugungi kunga nisbatan yuqoriroq bo‘lgan. Lekin shuni tan olishimiz kerakki, bugungi kunda tijorat va moliyaviy xizmatlar avvalgi davrdagiga nisbatan ancha taraqqiy etgan va chuqur integratsiyalashgan.
Jahon iqtisodiyotidagi globallashuv jarayoni hozirgi bosqichining asosiy farqli xususiyati zamonaviy elektron kommunikatsiyalari tufayli moliya bozorlarining yanada integratsiyalashganligidir. Globallashuv XX asrning oxirgi o‘n yilligida hukmron kuchga aylandi va o‘ziga xos yangi xususiyatlar kasb etdi:
- yangi bozorlar (ya’ni zamonaviy vositalar bilan tinimsiz ishlovchi o‘zaro bog‘langan moliya bozorlari, global iste’mol mollari bozorlari, elektron-tijorat va sh.k.);
- yangi o‘yinchilar (ya’ni multimilliy korporatsiyalar, Jahon savdo tashkiloti, hududiy bloklar);
- yangi qoidalar (ya’ni savdodagi ko‘p tomonlama kelishuvlar, inson huquqlari va global muhit bo‘yicha konvensiyalar);
- yangi aloqa vositalari (ya’ni, telefon, faks, elektron pochta).
Bundan tashqari, globallashuv tovarlar va kapitallarning harakatidagi ob’yektiv va sub’yektiv to‘siqlarning olib tashlanishi natijasida davlatlararo aloqalarning rivojlanib borishini anglatadi.


Yüklə 44,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə