Glossariy termin O‘zbek tilidagi sharhi Ingliz tilidagi sharhi



Yüklə 245,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix19.12.2023
ölçüsü245,31 Kb.
#151200
1   2   3   4   5   6   7   8   9
glossary

Iqtisodiyot magistri 
- bu keng bilimli mutaxassis bo‗lib, u ilmiy ijod 
metodologiyasi 
va 
uslubiyotini, 
zamonaviy 
axborot 
texnologiyalarini egallagan; turli xil iqtisodiy axborotlarni tahlil etish va sintez 
qilish malakasiga ega bo‗ladi. 
Magistratura 
- magistrlarni, ya‘ni ilmiy-tadqiqotchilik va ilmiy-pedagogik 
faoliyatga tayyorlangan mutaxassislarni tayyorlash shaklidir. 
Ilmiy tadqiqot uslubi 
– bu muayyan bilish maqsadini hisobga olgan holda 
muayyan bilish vazifalarini hal etishga qaratilgan aqliy va (yoki) amaliy 
operasiyalar (rusum-qoidalar) tizimidir. 
Tadqiqot uslubiyoti 
(texnologiyasi) – tadqiqot usullarining bir tizimli 
majmui, tadqiqot uslublari, usullari, texnikalarini qo‗llanish va ular yordamida 
olingan natijalarni talqin qilish qoidalari tizimi. Uslubiyot o‗rganiladigan ob‘ekt 
xarakteriga, tadqiqot metodologiyasi, maqsadlariga, ishlab chiqilgan uslublar, 
tadqiqotchi malakasining umumiy darajasiga bog‗liq bo‗ladi. 
Metodologiya
- bu ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatining ilmiy tamoyillari va 
usullari tizimi haqidagi ta‘limot. 
Modellashtirish 
— tadqiqotchilikning modelning qurilishini nazarda 
tutadigan nazariy uslubi. 
Monitoring 
— bu tadqiqot natijalarining doimiy nazorat qilinishi, muntazam 
kuzatib borilishi. 
Kuzatish 
- eng ko‗p axborotli tadqiqot uslubi bo‗lib, u bo‗lgan va 
o‗rganilayotgan jarayonlar va hodisalarni chetdan turib ko‗rishga imkon beradi. 
Ilmiy muammo 
– bu ilmiy-tadqiqotchilik ishi mavzuini belgilaydigan 
murakkab nazariy va (yoki) amaliy vazifalar majmuidir. Muammo tarmoq, 
tarmoqlararo, global bo‗lishi mumkin. 



Ilmiy ish 
- boshqa har qanday ishdan o‗zining maqsadi yangi ilmiy bilimni 
olishi bilan farq qiladi. Ayni shu ish jarayonida voqyelik haqidagi ob‘ektiv bilimlar 
ishlab chiqiladi va bir tizimga solinadi. 
Ilmiy mavzu 
– bu yechimini talab qiladigan murakkab vazifadir. Ilmiy-
tadqiqotchilik ishi mavzui mauyyan ilmiy yo‗nalishga yoki ilmiy muammoga 
tegishli bo‗lishi mumkin. 

Yüklə 245,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə