Glossariy termin O‘zbek tilidagi sharhi Ingliz tilidagi sharhi


Dissertasiya mavzuining dolzarbligi



Yüklə 245,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix19.12.2023
ölçüsü245,31 Kb.
#151200
1   2   3   4   5   6   7   8   9
glossary

Dissertasiya mavzuining dolzarbligi 
– bu uning ijtimoiy nazariya va 
amaliyot uchun kerakli ekanligi bo‗lib, fanda ko‗pincha oldingi nazariy tasavvurlar 
doirasiga yaqqol joylashmaydigan yangi faktlarning kashf qilinishi natijasida 
vujudga keladigan vaziyatning mavjudligi bilan belgilanadi. 
Tadqiqot dolzarbligini asoslash 
- ilmiy bilishning umumiy jarayoni 
sohasida mazkur mavzuni o‗rganish zaruratini izohlashni bildiradi. 
Tahlil 
– bu tadqiqotning nazariy uslubi bo‗lib, tadqiq qilinayotgan jarayon 
yoki hodisani maxsus va teran mustaqil o‗rganish uchun uni tarkibiy qismlarga 
ajratishni nazarda tutadigan fikriy operasiyadir. 
Analogiya 
– o‗xshashligi, prototipi tanlanadigan fikriy operasiya. 
Annotasiya 
- titul varag‗ining orqasida joylashgan, qandaydir nashr haqidagi 
qisqacha axborot; hujjat, uning bir qismi yoki hujjatlar guruhining vazifasi, 
mazmuni, shakli va boshqa xususiyatlari nuqtai nazaridan tavsifnomasi. 
Suhbat 
– empirik uslub bo‗lib, javob beruvchi bilan shaxsiy aloqani nazarda 
tutadi. 
Ilmiy 
mavzular 
turlari: 
amaliy, 
aralash, 
nazariy. 
• Amaliy mavzular xo‗jalik amaliyotini o‗rganish, umumlashtirish va tahlil qilish 
asosida ishlab chiqiladi. 
• Aralash mavzular tadqiqotning nazariy va amaliy jihatlarini o‗zida 
mujassamlashtiradi. 
• Nazariy mavzular asosan adabiy manbalardan foydalanib ishlab chiqiladi. 
Faraz (gipoteza) (qadimgi grek tilidan - asos, taxmin)
— oldindan 
o‗rganilgan faktlar, hodisalar, jarayonlarning muayyan majmuiga asoslangan, 
ularni izohlash uchun ilgari suriladigan va tasdiqlanishi yoki inkor etilishi lozim 
bo‗ladigan nazariy taxmin. 
Tadqiqot farazi 
- bu bevosita kuzatilayotgan hodisa, o‗rganilayotgan 
hodisaning tuzilishi yoki uning tarkibiy qismlari o‗rtasidagi aloqalar tusi haqidagi 
ilmiy asoslangan taxmindir. Farazlar mavjud faktlar asosida ishlab chiqiladi. 
Xulosa sifatidagi faraz ob‘ektiv voqyelikda o‗z ildizlariga ega bo‗ladi, fikrning 
bevosita kuzatilayotgan hodisalardan ularning sababli izohlanishigacha bo‗lgan 
harakati hisoblanadi. 

Yüklə 245,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə