Glossariy termin O‘zbek tilidagi sharhi Ingliz tilidagi sharhi



Yüklə 245,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix19.12.2023
ölçüsü245,31 Kb.
#151200
1   2   3   4   5   6   7   8   9
glossary

Muammoni hal etish 
yangi bilimni olish yoki u yoki boshqa hodisani 
izohlovchi, hodisaning xohlagan yo‗nalishda rivojlanishiga ta‘sir ko‗rsatish 
imkonini beradigan omillarni aniqlash demakdir. 
Referat 
– bir yoki bir necha manbalarda mavjud bo‗lgan g‗oyalarning 
qisqacha yozuvi, u har xil nuqtai nazarlarni qiyoslash va tahlil qilish mahoratini 
taqozo etadi. Referatlar turlari: axborotchilik (referat – konspektlar), indikativ 
(referat – rezyume), monografik, tahliliy. 
Referatlash: 
qandaydir masalaning bir yoki bir necha manbalarning 
tasniflanishi, umumlashtirilishi, tahlili va sintezi asosida bayon qilinishini nazarda 
tutadi. 
Sintez 
- fikriy operasiya, uning jarayonida aniqlangan elementlar va 
faktlardan yaxlit manzara qayta tiklanadi. 
Bildirgichli apparat: 
tushuntirilishi lozim bo‗lgan tushunchalar, atamalar
faktlar va shu kabilarga izohlar. 
Qiyoslash 
- ob‘ektlarning o‗xshashligi va farqlarini, umumiyligi va 
alohidaligini aniqlash maqsadida ob‘ektlarning qiyoslanishini nazarda tutadi. 
Maqola 
– bu mustaqil ilmiy tadqiqot bo‗lib, u dolzarb ilmiy muammo 
bo‗yicha o‗z fikrlarini bayon qilishdir. 
Tezislar: 
o‗qib chiqilgan (yoki og‗zaki bayon qilingan) parchani takrorlaydi, 
lo‗nda ifodalaydi va xulosalaydi; har doim dalillarga ega bo‗ladi, mazmun 
mohiyatini aniqlaydi; materialni umumlashtirish imkonini beradi; maqola, 
ma‘ruza, dissertasiyani tanqidiy tahlil etishda qimmatlidir. Tezislar turlari: oddiy – 
ko‗pincha ko‗chirmalardan iborat bo‗ladi, asosiy – odatda muallif tomonidan 
mustaqil ifodalanadi, murakkab – o‗zida ikki turdagi yozuvni chatishtiradi. 
Nazariy asos 
– mazkur tadqiqot tayanadigan konseptual qoidalar (g‗oyalar, 
tamoyillar). 
Muammoning ifodalanishi 
— bu, o‗z mohiyatiga ko‗ra, ilmiy tadqiqot 
mazmunining kristallashtirilishidir. SHuning uchun muammoning to‗g‗ri qo‗yilishi 
— butun ish muvaffaqiyatining garovidir. 




Yüklə 245,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə