Gmz3 oqova suvlarini ko`p bosqichli tozalash bo`yicha tajribaning 4-kuni



Yüklə 107,5 Kb.
səhifə5/9
tarix10.02.2023
ölçüsü107,5 Kb.
#100573
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Farmonova hisobot

14.08.2022.
1-idishdagi o`simliklarning holati yaxshi. Barg bandining suvga qaragan tomonida shikastlanish mavjud. 2 ta yangi barg hosil bo`lgan. Barg yaproqlarining tarangligi biroz kamaygan. Ammo qurimagan. Ildizining rangi biroz xiralashgan. Uchki qismlari sog`lom.
2-idishdagi o`simliklarda qurish alomatlari mavjud. Barg bandlari sarg`aymoqda. Yaproqlar esa uchki qismidan boshlab bujmayib kelmoqda, taranglik holati yaxshi. Ildizi biroz yashil qoplam bilan qoplanib, rangi xiralashgan.
3-idishdagi o`simliklarning tanasida ham zararalanish bor. Suvga tegib turgan bandlari sarg`aygan. Suvga tegmagan barg bandlari esa sog`lom. Yaproqlar uchki qismidan sarg`ayib bujmaya boshlagan. Yangi barg hosil qilinmagan. Ildiz tizimida o`zgarish sezilmadi, rangi yashil emas. Uchki sohasi oq, sog`lom.
4-idishdagi o`simliklarning 90%i qurigan ya`ni barg bandlari ham yaproqlari ham sarg`aygan. Taranglik pasaygan. Ildizining rangi o`zgarmagan. Ammo yer ustki qismida qurish ko`proq. Qurigan o`simliklar yangi massadagi o`simliklar bilan almashtirildi.
5-6-idishdagi o`simliklarning 70%i qurigan, ildizi sog`lom. Barg bandlari va yaproqlarida qurish 80%ga borganligi sababli boshqa yangi massadagi o`simlik bilan almashtrildi.
7-idishdagi o`simliklarning ildizi tiniq, uchi oqish. Barg bandlarining 40% qismi sarg`aygan. Barg yaprog`ining qurish tezligi kuchli. Bujmayib qolgan.
8-idishdagi o`simlik holati normal. Ildizi to`q ko`k rangda. Barglarning uchki qismidan bujmayish boshlangan. O`lchab kelingan Barglar bujmayib qolgan.
16.08.2022.
Soat – 9:05 harorat - 30°C shamol tezligi – 18 km/s
1-idishdagi o`simliklarda qurish alomatlari boshlangan. Barg bandlarining suvga botganlarida ikki tomonida ham sarg`ayish mavjud. Suvga botmagan bandlar sog`lom. Yaproqlari esa uchidan bujmayishni boshlagan. Jami barglar soni 47 ta bo`lib, ulardan 28 tasi deyarli 50% qurigan.
2-idishdagi o`simliklarning deyarli barchasi uchki qismidan qurishni boshlagan. Yaproqlarning tarangligi past, bandining tarangligi normada. Ildizida yashil qoplam mavjud. Uchki qismlari ham qora qoplamchalar hosil qilib shikastlangan.
3-idishdagi o`simliklarning 30%i zararlangan. Qolgan qismida bandlar sog`lom. Yangi barglar hosil qilinmagan. Barg yaproqlari uchida sarg`ayish mavjud. Ildizida ozroq yashillik qoplam bor.
4-idishdagi o`simliklarning hoalti yaxshi. Barg bandlari sog`lom. Yaproqlar qurimagan. Ildiz rangi ham tiniq, to`q ko`k rangda. Jami Barglar soni 59 ta bo`lsa ulardan 16 tasida qurish alomati paydo bo`lgan.
5-idishdagi o`simliklarning holati yaxshi. Barg bandlari shikastlanmagan. Barcha barg yaproqlari 57 ta bo`lib, 13 tasi qurish jarayonida. Ildiz tizimining rangi tiniq.
6-idishdagi o`simliklarning yashilligi ko`p. Barg bandlarining faqat suvga tekkanlaridagina shikastlanish mavjud. Yaproqlarining yarmida uchki qismida qurish alomatlari paydo bo`lgan. Juda ko`plab yangi barglar hosil bo`lgan. Jami barglar soni 64 ta bo`lib, barchasining chetida sariqlik bor.
7-idishdagi o`simliklarning 90% qurigan. Barg bandlari sog`lom, taranglik mavjud bo`lsada yaproqlarida qurish alomati bor. Taranglik holati yaxshi. Ammo yangi barglar hosil qilish yo`q.
8-idish o`simliklarining 80% qurish jarayonida. Qolgan qismlarining yaprog`i ham bandi ham sog`lom, yaproqlar uchida bujmayish mavjud. Ildizi uchki qismi oqish, yashil qoplam hosil qilmagan. Yangibarglar sal avval paydo bo`lgan va o`sishda davom etmoqda.

Yüklə 107,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə