Gmz3 oqova suvlarini ko`p bosqichli tozalash bo`yicha tajribaning 4-kuni



Yüklə 107,5 Kb.
səhifə3/9
tarix10.02.2023
ölçüsü107,5 Kb.
#100573
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Farmonova hisobot

11.08.2022
1-idishga bochkadan tomchilab suv quyish toxtatildi o`simliklarda qurish jarayoni davom etmoqda. Qayta tiklanish holati kuzatilmadi. 10.08.2022 kuni solingan o`simlik massasi o`sishda davom etmoqda. Barg bandida zararlanish holati paydo bo`lgan.
2-idishdagi o`simliklar zararlangan. Barglar sarg`ayib qurigan. Barg bandlarining quyoshga qaragan tomonida kuchli sarg`ayish mavjud. Suvga qaragan tomoni esa yashil tusda. Taranglik hali bor. Ildiz tizimida yashil qoplam paydo bo`lgan. Boshqa o`simliklarga yordam sifatida ushbu idishga yangi o`simlik massasi qo`shdik.
3-idishdagi o`simliklarda hayotchanlik 1-va 2-idishdagi o`simliklarga nisbatan sezilarli darajada mavjud. Barg yaproqlarining 50% qurish alomati bor. Barg bandlari sarg`aygan. Ammo quyoshga qaramagan qismi yashil sog`lom. Ildiz sistemasida ham yashillanish holati dastlabki idishdagi o`simliklarga nisbatan past. Ammo ildizning uchki qismi qoramtir ko`rinishda. Yangi barg hosil qilish holati kuzatilmagan.
4-idish o`simliklarining yashilligi ko`p. Ildizning uchki sohasi qoraygan bo`lsada rangi tiniq to`q ko`k rangda. Yangi barg hosil bo`lish jarayoni juda ham past. Bor yo`gi 3 ta hosil bo`lgan. To`pgul pastga qarab o`sishdan to`xtagan. Har 10 ta bargdan 3 tasida qurish alomati mavjud. Barg bandlarining shikastlanmagan holati ko`p. Bandlarning rangi yashil, taranglik holari normada.
5-idishdagi o`simliklarning holati qoniqarli. Barglar uchki qismidan qurishni boshlagan. Barg bandlarining quyoshga qaragan qismida zararlanish mavjud. Ildizida yashil qoplam yo`q. Ildizining uchki qismida ayrimlarida qora qoplamchalar hosil qilgan. To`pgullar suv ostida. Uzunligi o`lchanayotgan barglarning ¾ tasi qurigan faqat II raqamli bargda qurish alomatlari kam.



Bo`yi

eni

I barg

Qurigan

II barg

65 sm

90 sm

III barg

Qurigan

IV barg

Qurigan

(5-idishdagi barglar uzunligi)
6-idishdagi o`simliklar holati yaxshi. Barg bandlarining quyoshga qaragan tomonida sariqlik mavjud. Taranglik kuchli, suvga qaragan tomini yashil. Ildiz tizimi tiniq rangda, uchki qismlari oqish. Barglarining uchida sariqlik mavjud. Jami Barglar soni 62 ta bo`lib, 23 tasi qurimoqda. 10 taga yaqin yangi Barglar hosil bo`lgan. To`pgullar o`sishda davom etmoqda.
7-idishdagi o`simliklar holati normal. To`pgul hosil qilgan. Barg bandlarida sariqlik yo`q. Barg yaproqlari quyoshda sarg`ayib shikastlangan. Bujmayish mavjud. Ildizining rangi tiniq, uchki qismlari ham tiniq oq rangli, taranglik holati kuchli. Tomchilab suv quyish jarayoni tugaganligi sababli 8 – idishga suv o`tmagan. Jami Barglar soni 75 ta bo`lib, ulardan 19 tasi qurigan.



Bo`yi

eni

I barg

Qurigan

II barg

70 sm

82 sm

III barg

42 sm

62 sm

IV barg

44 sm

58 sm

(7-idishdagi barglar uzunligi)


Yüklə 107,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə