Gmz3 oqova suvlarini ko`p bosqichli tozalash bo`yicha tajribaning 4-kuni



Yüklə 107,5 Kb.
səhifə7/9
tarix10.02.2023
ölçüsü107,5 Kb.
#100573
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Farmonova hisobot

20.08.2022.
1-idishdagi o`simliklarning holati qoniqarsiz. Ildizi to`q yashil qoplam hosil qilgan. Ildizning uchki qismlari qora qoplam hosil qilgan. Yaproqlar sarg`ayib qurigan, ammo, barg bandlari yashil.
2-idish o`simliklari ham yashil qoplam hosil qilgan. Barg bandlari yashil, yaproqlari esa qurigan. Suvga tekkan bandlar nobud bo`lgan. Tegmagan bandlarda yashillik mavjud.
3-idishdagi o`simliklarning ham barg yaproqlari so`ligan. Barg bandlari yashil. Ildizida ham yashil qoplam mavjud. Ildizining uchi qora rangda, shikastlangan. Suv yuzasida yashil qoplam ham paydo bo`lgan.
4-idishdagi o`simliklarda yashash xususiyati yaxshi. Barg bandlari orasidan faqat suvga tekkanlari sarg`aygan. Suvga tegmaganlari yashil rangda. Barg yaproqlarida quriganalari mavjud hamda 3 ta top`gul mavjud. Yaproqlar uchki qismida qurish bor.
5-idishdagi o`simliklarning ildiz qismida yashillik nisbatan kam. Suv yuzasida ham yashil qoplam mavjud. Barg bandlarining suvga botganlari sarg`aygan, suvga bormaganlari yashil rangda bo`lib taranglik holati yaxshi. Barg yaproqlarining 90% deyarli so`ligan. Ildizining uchki qismida qora qoplamlar mavjud.
6-idishdagi o`imliklarning 60% dan ko`proq qismi nobud bo`lgan. Yangi barglar hosil qilmagan. Barg bandida yashillik mavjud. Ildiz tizimi ham xiralashgan.
7-idishdagi o`simliklarning yashilligi yaxshi. Ammo bandlari sarg`ayib quriy boshlagan. Yaproqlarning 40%i qurigan. ildizi tiniq, to`q ko`k rangida
8-idish o`simliklarning holati qoniqarli. Bandlari suvga botganida sariqlik mavjud. Suvga botmagani yashil. Barg bandlari yashilligi mavjud. Cheti bujmaygan.
22.08.2022.
1-2-3-idishlardagi o`simliklarning holati qoniqarsiz. Shu sababdan yangi o`simlik massasi tashlandi. O`simlik barg bandlari va yaproqlari sog`lom. Ildiz timizda yashillik yo`q.
4-idishdagi o`simlikning holati yaxshi. Harorat pastligi sababli qurish jarayoni ham sust bormoqda. Barg bandlari yashil. Barg yaproqlarining uchki qismida sariqlik paydo bo`lgan. Ildiz rangi yashil.
5-6 idishdagi o`simliklarda qurish jarayoni deyarli 50%ga yetgan . Ildiz uchki qismida qoramtir qolipchalar mavjud. Barg bandlari suvga tekkan qismlari sar`gayishda davom etmoqda. Umuman suvga tegmagan bandlar yashil.
7-idish o`simliklarida qurish kuchli. Bandlar va barglar sariq. Faqat ildiz tizimi tiniq ammo uchki qismida qora qoplam bor.
8-idishga oddiy suv solinganligi sababli o`simlik ildiz va barg bandlarining so`lish jarayoni biroz sekinlashganini ko`rish mumkin.

Yüklə 107,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə