Gmz3 oqova suvlarini ko`p bosqichli tozalash bo`yicha tajribaning 4-kuni



Yüklə 107,5 Kb.
səhifə2/9
tarix10.02.2023
ölçüsü107,5 Kb.
#100573
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Farmonova hisobot

10.08.2022
Soat – 10:00 Harorat - 35°C;
1-idishdagi o`simliklarda qurish jarayoni jadal ketmoqda. Ushbu idishdagi o`simliklarning qurish tezligi yuqori ko`rsatkichga ega. Yangi barglar hosil qilish jarayoni to`xtagan. Ildiz sistemasi yashil qoplam hosil qilgan. Ildizining uchi qorayib zararlangan. Barg bandlarida ham shikastlanish alomatlari mavjud.
2-idishdagi o`simliklarda zararlanish holati bor. Ildiz qismining rangi yashil qoplam hosil qilgan. Uchki qismi qorayib zararlanish holati kuzatilmoqda. Barg bandlarining quyoshga qaragan tomoni shikastlangan, taranglik pasaygan.
3-idishdagi o`simliklarning ildizi yashil qoplam hosil qilishi nisbatan kam. Ildizining ayrimlarida uchki qism qora, ayrimlarida oq tiniq. Barg yaproqlari 66 ta bo`lib, 36 tasi o`sish holatida. Ammo sariqlik paydo bo`la boshlagan. Barg bandlari sog`lom. Faqat ayrimlarining quyoshga qaragan tomonida shikastlanish alomati mavjud. 2-3 ta yangi barg hosil bo`lgan.
4-idishdagi o`simliklarda zararlanish holati kam. Barg bandlari sog`lom. Ildizining rangida o`zgarish holati yo`q. ammo uchki qismida qoramtir ko`rinish mavjud. Barglar soni 66 ta bo`lib, ulardan 19 tasi batamom qurigan. Taranglik holati mutlaqo yo`q, to`pgullar suv ostiga qarab harakatlanmoqda.
5-idishdagi o`simliklar holati yaxshi. Zararalanish past. Barg bandlari so`glom yashil, ammo, barg yaproqlarida sariqlik paydo bo`lish kechaga nisbatan orta boshlagan. Barglar soni 67 ta, 19 tasi batamom qurigan. To`pgullar suvostiga qarab o`smoqda. Barg yaproqlarining chetki qismida sarg`ayish mavjudligi sabab barglarning eniga va bo`yiga o`sishi toxtagan.



Bo`yi

eni

I barg

60 sm

82 sm

II barg

46 sm

65 sm

III barg

49 sm

72 sm

IV barg

55 sm

71 sm

(5-idishdagi barglar uzunligi)
6-idishdagi o`simliklarning ildiz sohasi tiniq, to`q ko`k rangda. Uchki qismida zararlanish holati yo`q, uchi tiniq oqish. Barg bandlari yashil, ayrimlarida quyoshga qaragan qismida zararlanish mavjud. To`pgullar pastga o`sishda davom etmoqda.
7-idishdagi o`simlik holati yaxshi. Ildizi sog`lom. Rangi tiniq. To`pgul hosil bo`lgan. Barglari sog`lom , faqat barg yaproqlarining uchki qismida sarg`ayish mavjud.



Bo`yi

eni

I barg

Qurigan

II barg

69 sm

88 sm

III barg

48 sm

60 sm

IV barg

45 sm

60 sm

(7-idishdagi barglar uzunligi)

Yüklə 107,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə