Gmz3 oqova suvlarini ko`p bosqichli tozalash bo`yicha tajribaning 4-kuni



Yüklə 107,5 Kb.
səhifə6/9
tarix10.02.2023
ölçüsü107,5 Kb.
#100573
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Farmonova hisobot

17.08.2022.
1-idishdagi o`simliklarning barglari va banlari sarg`ayishda davom etmoqda. To`pgul hosil qilgan. O`simlikning umumiy massasining deyarli 30% qismi zararlangan. Ildizida yashil qoplam bor. Uchki qismi qora, yangi barglar hosil qilinmagan.
2-idishdagi o`simliklarda ham qurish jarayoni tez kechmoqda. Barg bandlarining suvga tekkanlari butunlay so`ligan. Suvga tegmagan bandlar yashil.
3-idishdagi o`simliklar holati 1-2-idishdagi o`simliklarga nisbatan yaxshi. Ammo qurish alomatlari mavjud, to`pgul hosil bo`lmoqda. Yangi barglar hosil bo`lgan. Avvalgi barglarda esa qurish jarayoni ketmoqda. Barg bandining yerga qaragan qismlari shikastlangan. Suvga tegmagan bandlar sog`lom. Ildizida yashillik kamroq.
4-idishdagi o`simliklar holati yaxshi. To`pgul hosil qilgan. Bandlar o`sishda davom etmoqda. Ildiz deyarli yashil qoplam qoplanmagan, barg va gulbandlarining quyoshga qaragan qismida sarig` dog` bor.
5-idishdagi o`simliklarning barg bandlari sog`lom. Ammo yaproqlarda o`zgarish davom etmoqda. Uchki qismidan sarg`ayib kelmoqda. Ildizi tiniq, to`q ko`k yangi barglar hosil qilinmagan.
6-idishdagi o`simliklar bandlarini suvga tekkanlari deyarli hammasi zararlangan. Tegmagan bandlari sog`lom. Barg yaproqlari umumiy soni 65 ta bo`lib, 18 tasi butunlay qurigan.
7-idish o`simliklar qurigan faqat bandlarida yashillik bor. Ildizi tiniq ko`k sog`lom. Idishga 2-3 ta oila yangi qo`shdik.

18.08.2022.
1-idishdagi o`simlik ildizlari zararlangan. Uchki qismi qora qoplam bilan qoplangan. Yashil rangli qoplam ham hosil bo`lgan. Barg yaproqlarida qurish alomatlari mavjud. Bandlarining suvga tekkan qismlarida zararlanish mavjud, suvga tegmagan qismlari sog`lom.
2-idishdagi o`simliklarda ham yahil qoplam biroz mavjud. Ildiz uchlarida qora dog`lar hosil qilingan. Barg bandlari shikastlangan. Sog`lomlari ham mavjud. Barg yaproqlarining esa deyarli hammasi zararlangan.
3-idishdagi o`simliklarda ildizi yashil qoplam hosil qilgan. Barg bandlarining suvga tekkan qismlarida shikastlanish mavjud. Suvga tegmagan bandlari sog`lom. Barg yaproqlarining esa hammasida bujmayish mavjud.
4-idishdagi o`simlik ildizida yashil qoplam nisbatan kam. Ildiz uchlarida qorayishlar mavjud. Ammo asosiy ildizning uchki qismi oq. Yaproqlarning 60% qismida bujmayish mavjud. Bandlarda esa sarg`ayish 3-idishga nisbatan kam
5-idishdagi o`simlik ildizlari sog`lom. Uchki qismi oqish, yashil qoplam hosil qilmagan. Barg bandlari ham suvga tekkan bandlarda biroz sarg`ayish mavjud. Qolganlari yashil. Barg yaproqlari qurishda davom etmoqda.
6- idishdagi osimliklarning ildizi tiniq, uchi oq, barg bandlarining suvga qaragan tomoni shikastlangan, suvga tegmagan bandlar sog`lom. Barg yaproqlarining hammasida esa sarg`ayish mavjud. Faqat 4 ta barg sog`lom.
7-8-idishlarga keha (17.08.2022) solingan o`simliklar sog`lom. Boshqalari esa qurish arafasida. Shu sababli ham ikala idishga mutlaqo o`simlik massasi solinmoqda.

Yüklə 107,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə