G’oya va mafkura: tarixiy shakllari va ko’rinishlari. Mafkuradan ko’zlangan maqsadlar



Yüklə 43,13 Kb.
səhifə9/10
tarix02.03.2023
ölçüsü43,13 Kb.
#101754
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Документ Microsoft Word (2)

«Geosiyosat» tushunchasi o’zida («geo» - «er», «siyosat» esa «davlat» va «ijtimoiy ish») ma’nolarini anglatadi. «Geosiyosat» atamasida geosiyosiy muddaolar, ularning ko’rinishlari, turli xil davlat va xalqlarning manfaatlari tizimi, unga bo’lgan yondashuv uslublari, vositalari u yoki bu davlatning hududiy joylashuvi, salohiyatiga bo’lgan munosabatda ifodalangan maqsadlar o’z ifodasini topadi.
«Geosiyosat» uzoq tarixga ega bo’lsada, u tushuncha sifatida XX asrning boshlarida shakllangan. Bu atama R.CHellen tomonidan muomalaga kiritilgan bo’lib, hozirgi davrda davlatlar va dunyo mamlakatlari xalqaro siyosatida, falsafada, siyosat falsafasi va fanlarida keng qo’llanilmoqda. Geosiyosat ko’p qirrali tushuncha sifatida turli manfaatlarni o’zida mujassam etadi. Hozirgi davrda geosiyosiy maqsadlar ko’proq mafkuraviy siyosat bilan hamohangligini alohida ta’kidlash zarur. Ana shu sababdan ham Prezidentimiz mafkuraviy poligonlar yadro poligonlariga qaraganda xavfliroq bo’lib qolganligini alohida ta’kidlaganlar.
Yadro poligonlarini qaerda joylashganini, uning quvvatini, qanday maqsadga yo’nalganligini muayyan darajada aniq bilish mumkin. Ammo, yovuz, yot mafkuraviy maqsadlar qaerdan va qanday yo’llar bilan va qaysi insonlar qalbini egallab olayotganligini osonlikcha bilib bo’lmaydi.
Bugun «ikki qutbli mafkura» o’rtasidagi kurashga barham berilgan bo’lsada, ammo dunyoda mafkuraviy kurashlar to’xtab qolgani yo’q. Aksincha, jahon maydonlarini mafkuraviy bo’lib olishga urinishlar turli yo’llar bilan sodir bo’lmoqda. Masalan, O’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritganidan keyin mafkura sohasida hayot osonlikcha kechmadi. Milliy istiqlol g’oyasiga zid bo’lgan yot va begona g’oyalar kirib kelishga va yoshlarimiz ongini egallashga, ularni mamlakatimizda belgilangan ulug’ maqsadlarni amalga oshirishga qarama-qarshi qo’yishga urinishlar bo’lganligining guvohimiz. Bunday harakatlarning tarafdorlari o’zlarini «do’st», «millatdosh», «vatandosh», «dindosh» etib ko’rsatish niqobi bilan o’z g’oyalarini amalga oshirishga urindilar. Natijada, haqiqiy qadriyatlarimizga zid bo’lgan turli xil oqimlar aholi, ayniqsa yoshlar ongini egallashga harakat qildi.
Hozirgi kunlarda ham bizning tanlagan yo’limizga shubha tug’dirish, kechagi davrni ko’rmagan, tajribasi yetarli bo’lmagan yoshlarni yo’ldan ozdirishga, istiqlolimizning ma’no mazmunini soxtalashtirishga, bizni yana eski qolip va tobelikka qaytarishga urinadigan kuchlar va harakatlar kam emas. Bugungi kunda jamiyatimiz hayotiga jiddiy xavf solib turgan mafkuraviy tahdidlar quyidagilardan iborat:
-islom bayrog’i ostida musulmon xalqlarni yangi imperiyaga birlashtirish;
-dinni qurol qilib olib, mavjud konstitutsion tuzumni kuch bilan ag’darish va diniy davlatni qaror toptirish;
-sobiq imperiyani qayta tiklash, yosh mustaqil davlatlarni kommunistik tuzum ostida qaytadan birlashtirish;
-xalqimizning tarixini, ma’naviy merosini soxtalashtirishga urinishlar;
-milliy va diniy qadriyatlarimizni mensimaslik, g’ayriaxloqiy unsurlarni yoyish;
-mintaqaviy davlatlararo va millatlararo mojarolar keltirib chiqarish uchun urinishlar.
Bunday mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash yo’llari esa quyidagilardan iborat:
-yoshlarning iymon-e’tiqodini kuchaytirish;
-irodasini baquvvat qilish;
-mustaqil fikrga ega bo’lish;
-barkamol insonlar qilib tarbiyalash;
-o’zligini unutmaslik;
-g’urur va iftixor bilan yashashlariga erishish;
-ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish fazilatlarini qaror toptirish;
-«Turkiston - umumiy uyimiz» shiorini hayotiy haqiqatga aylantirish;
-xalqlar o’rtasida do’stlik, hamkorlik munosabatlarini kuchaytirish va h.k.
Milliy ruhiyatni shakllantirishda: «milliy g’urur», «milliy iftixor», «milliy his», «milliy xarakter» kabi tushunchalar ham muhim o’rin tutadi.



Yüklə 43,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə