G’oya va mafkura: tarixiy shakllari va ko’rinishlari. Mafkuradan ko’zlangan maqsadlar



Yüklə 43,13 Kb.
səhifə7/10
tarix02.03.2023
ölçüsü43,13 Kb.
#101754
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Документ Microsoft Word (2)

Mafkuraviy poligonlar kurashi. Poligon - (grek. serqirra). Mafkuraviy poligon deb, odamlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan g’oya yoki mafkurani mablag’, ham zamonaviy texnik vositalar bilan kuchlantirib, moddiy va ma’naviy tashviqot qurollarini ishga solib, dunyodagi axborot va fikr oqimini o’z foydasi yo’lida boshqarib turadigan g’oyaviy markazga aytiladi.
Hozirgi dunyoda inson ongi va qalbi uchun qaysi mafkuraviy kontseptsiyalar kurash olib bormoqda, deb tinglovchilarga murojaat qilinadi. So’ngra ularning fikrlari umumlashtirib, I.Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli asarida ko’rsatib berilgan tahdidlarga to’xtalib o’tiladi. Ular mintaqaviy mojarolar, diniy ekstremizm va fundamentalizm, buyuk davlatchilik shovinizmi, agressiv millatchilik, etnik va millatlararo ziddiyatlar, korruptsiya va jinoyatchilik, mahalliychilik va urug’-aymoqchilik munosabatlari va ekologik muammolardan iborat.
SHovinizmning mohiyati, uning paydo bo’lish sabablarini bayon qilishdan avval «shovinizm» so’zi tinglovchilarda qanday tasavvur hosil qilishiga e’tibor qaratish mumkin: ya’ni aqliy hujum usuli qo’llaniladi.

Masalan, shovinizm - bu . . .
So’ngra, bu fikrlar umumlashtirilib, buyuk davlatchilik shovinizmi g’ayriinsoniy harakterga egaligi, u o’z mohiyatiga ko’ra milliy tengsizlikni oqlashning o’ziga xos shakli ekanligi haqidagi mulohazalar bilan ishtirokchilar fikrini to’ldiriladi. Odatda, hudud jihatidan kichik bo’lgan va eng asosiysi - iqtisodiy imkoniyatlari zaiflashgan va ichki beqaror davlatlar ana shunday da’volarga nishon bo’ladi.
Afsuski, bizning o’lkamiz ham buyuk davlatchilik shovinizmining falokatli ta’siridan chetda qolmadi. «U ham uzoq vaqt davomida hukmron shovinistik va agressiv millatchilik g’oyalarining butun jafolarini tortib keldi. O’zbekiston Rossiya imperiyasi, so’ngra esa Sovet imperiyasi tarkibida ushlab turilgan murakkab davrni boshidan kechirdi»1.
XVII asr boshlarida ilmiy-texnikaviy imkoniyatlari jihatdan ancha ilgarilab ketgan yirik G’arb mamlakatlari, farovonligini saqlab qolishning birdan bir chorasi o’laroq, SHarq mamlakatlariga nisbatan mustamlakachilik siyosatini yurita boshladi. Buning natijasida insoniy intellekt, ma’naviyat asosida shakllangan, bashariyatga behisob samara keltirgan muloqot chilparchin bo’ldi. Tamaddunlararo munosabat rishtalari uzildi. SHarq bilan G’arb o’rtasidagi ming-ming yillik hamkorlik va aloqalar o’rnini o’zaro dushmanlik mafkurasi va siyosati egalladi.
XIX asr nemis faylasufi G.Gesse ta’biri bilan aytganda, «insoniyat mavjudligini saqlab turgan ikki qutb – SHarq va G’arb shu tariqa bir-biriga qarama-qarshi kuchga aylantirildi»1.
G’arbda SHarqqa nisbatan ustuvor Ovrupotsentrizm, buyuk davlatchilik shovinizmi mustamlakachilik, hududiy-mafkuraviy ekspansionizm, imperializm, gegemonizm, mondializm va umumbashariy hakamlik sari intilish bilan bog’liq g’oyaviy-siyosiy amaliyot ko’rinishlari shakllandi.
Pirovardida har ikki tsivilizatsiyaga mansub xalqlar, mamlakatlar o’rtasidagi ma’rifiy munosabat zaiflashdi. Nisbatan qoloq xalqlar, mamlakatlarni mulkidan, aqliy salohiyati va ma’naviyatidan judo etishning uslub-yo’llari ketma-ket ishlab chiqildi.
O’sha davrlarda G’arb geosiyosatida biron bir makonni bo’ysindirish, qaramlikka solish uchun u avvalo ikkinchi platsdarm deb e’lon qilindi. Ming yillarki SHarqu G’arbning hayotiy ehtiyojlari, tinch-totuv, bahamjihat yashashga beminnat xizmat qilib kelgan Buyuk ipak yo’li qon kechgan lashkarlar oyog’i ostida toptaldi. Tabiiyki, bundan Turkiston ham juda ko’p zarar ko’rdi.
SHunday qilib XVII-XIX asrlarda hududimiz jahon geosiyosatining chekka, ikkinchi darajali ob’ektiga aylandi, siyosiy-ma’muriy tizim sifatidagi nufuzidan mosuvo bo’ldi. Natijada Turkiston Rossiyaning mustamlakasiga aylanib, batamom yot manfaatlar uchun xizmat qila boshladi.
Qariyb uch asr davom etgan loqaydlik, birodarkushlik oqibatida salkam bir yuz o’ttiz yillik siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy qaramlikka duchor bo’ldik.2
Bu ma’lumotlarni keltirish orqali ma’ruzachi bugungi ozod va erkin hayot qadri o’tmishga bo’lgan ongli ma’rifiy munosabat bilan belgilanishini uqtirib o’tadi. Zero yurtboshimiz «Kim bo’lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa bunday odamlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari xushyorlikka o’rgatadi, xalq irodasini mustahkamlaydi», degan edi.
Buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik tahdidi deganda quyidagi xavflar nazarda tutilishi Prezident I.Karimov tomonidan «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida ko’rsatib berildi.


«Birinchidan. Xalqaro, davlatlararo va elatlararo qarama-qarshilikni keltirib chiqarish;

Ikkinchidan. Xalqaro-huquqiy va ichki davlat suverenitetimizni ro’yobga chiqarishga qarshilik ko’rsatish;

Uchinchidan. O’zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini chegaralashga, ularni teng huquqli bo’lmagan sharoitga qo’yishga urinish;

To’rtinchidan. Mamlakatimiz aholisiga axborot orqali va mafkuraviy yo’l bilan tazyiq o’tkazish, jahon afkor ommasida O’zbekiston haqida noto’g’ri tasavvur tug’dirishga intilish.

Beshinchidan. Agar buyuk davlatchilik shovinizmi bilan ekstremistik millatchilik abadiy hamrohlar ekani nazarda tutiladigan bo’lsa, u holda millatlar o’rtasida o’zaro ishonchsizlikni keltirib chiqarish, millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish;

Oltinchidan. Yangi mustamlakachilik va yangi imperiyachilik yondashuvlarini zo’rlab qabul qildirish, hamma sohalardagi o’zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlikni sekinlashtirish xavfi»3.
Bu tahdidlar ma’ruzachi tomonidan qayd qilib o’tilgach, buyuk davlatchilik shovinizmining bugungi kunda pansovetizm bilan o’ziga xos tarzda qo’shilib ketayotganligi haqidagi fikrlar aytiladi.
Bugungi kunda inson qalbi va ongi uchun kurash keskinlashayotgan ekan, xilma-xil qarashlarning mafkura maydonida hukmronlik qilishga intilishi tabiiy.
Bunga e’tiqod umumiyligiga asoslangan holda yakka mafkura hukmronligini ta’minlash orqali jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan o’ziga qaram qilib bo’layotgan hatti-harakatlarni misol keltirish mumkin.
Diniy aqidaparastlik shular jumlasidandir.
SHu o’rinda «Aqliy hujum» usuli qo’llaniladi.



Yüklə 43,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə