Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə503/524
tarix08.07.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#119418
1   ...   499   500   501   502   503   504   505   506   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Roll-ozer - ssudalar bo’yicha o’zgaruvchan foiz miqdorlari. Roll-ozer ssuda kapitali bozoridagi miqdor o’zgarishiga bog’liq holda oshadi yoki pasayadi.
Royalti (davriy to’lov) - 1. Ixtirolar, patentlar, nou-xau, kitob chiqarish, kinofilmlarning ijarasi va boshqalardan foydalanish huquqi uchun davriy litsenzion to’lov. 2. Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to’lov. Er va er osti boyliklari mulkning egasiga to’lanadi. Asosan, xom- ashyo bahosiga qo’shilib, shu yo’sinda mahsulotning oxirgi iste’molchisiga yuklatiladi. Royalti hajmi qazib olingan yoki sotilgan foydali er osti boyliklari qiymatiga nisbatan ma’lum bir foizda yoki bir skvajina (asosan neft bo’yicha)ga nisbatan belgilangan qat’iy summada o’rnatiladi. Royalti foizlari foydali qazilma sifati va tarqatilishiga nisbatan differentsiyalanadi. Alohida olingan hollarda progressiv foizlar ham qo’llanib, unda qazilma yoki sotish hajmi o’sishi bilan royalti foizlari ham o’sib boradi.
Royalti - 1. Ixtiro yoki “nou-xau” litsenziyasini sotib olish bo’yicha navbatdagi to’lov bo’lib, litsenzion kelishuvda belgilanganidek, ma’lum bir davr davomida litsenziat tomonidan litsenziarga to’lanadi. 2. San’at, adabiyot, ilmiy, mehnat, shuningdek, patent, sanoat namunalari, tovar belgilari va inlellektual mulkchilik boshqa turlarida mualliflik huquqidan foydalanishdan olingan summalar va rentalar bo’yicha daromadlarning bir qismi bo’lib, o’zaro kelishilgan davlatlardan biri hududida soliqga tortilmaydi.
"SCA" tizimi (Strategic Cost Analysis ) – xarajatlarni strategik tahlil qilish tizimi bo’lib, uning asosiy tarkibiy qismi va markaziy ob’ekti iste’mol qiymatini shakllantirish zanjiri hisoblanadi.
Segmentlar bo’yicha hisobot tuzish tamoyillaritushunarlilik, muhimlilik, ishonchlilik, tezkorlik, aniq manzillilik, ehtiyotkorlik, muvofiqlik, taqqoslanuvchanlik, xolislik va h.k.
Segment xarajatlari – bevosita segmentlar tarkibiga kiritiladigan xarajatlar yoki ularni korxona umumiy xarajatlarining bir qismi sifatida namoyon bo’lishi.
Servis - korxona marketing faoliyati tizimi bo’lib, transport, uskuna va boshqa sanoat mahsulotlarini sotish va ulardan foydalanish bilan bog’liq xizmatlar majmuini ta’minlaydi. Servis asosan, bepul amalga oshirilsa-da, servis bilan bog’liq holda rejalashtirilgan xarajat mahsulotning sotish bahosiga qo’shiladi. Servis sotish va sotishdan so’ngi turlarga bo’linadi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   499   500   501   502   503   504   505   506   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə