Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Xo’jalik operatsiyalarining mazmuni



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə167/721
tarix10.04.2022
ölçüsü2,01 Mb.
#85246
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   721
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Xo’jalik operatsiyalarining mazmuni

Summa (so’m)

Hisobvaraqlarning bog’lanishi

Debet

Kredit

Asosiy vositalar bo’yicha mol etkazib beruvchining hisobvaraq-fakturasi to’lovga qabul qilindi

75 000 000

0820

6010

Sotib olingan mol-mulk bo’yicha QQS summasi aks ettirildi

11 250 000

0820

6010

Transport xarajatlari buxgalteriya hisobida aks ettirildi

210 000

0820

2310

Transport vositasini YHXXidorasida hisobga qo’yish bo’yicha xarajatlar hisobga olindi

3 000 000

0820

6990

Sotib olingan ob’ektning boshlang’ich qiymati aks ettirildi

89 460 000

0160

0820

Etkazib beruvchiga qarz qaytarildi

86 250 000

6010

5110

Ro’yxatga olish to’lovi

3 000 000

6990

5110


Asosiy vositalarning eskirishi.

2-misol.

Avtotransport vositasiga 2019 yil 01 iyul holatiga amortizatsiya hisoblang. Avtomobildan foydalanish muddati 5 yil. Amortizatsiya usuli chiziqli (bir maromli). Avtomobil boshqaruv ehtiyojlari uchun ishlatiladi. Dastlabki xarajat va ishga tushirish sanasi haqidagi ma’lumotlar 1-misolda keltirilgan. Buxgalteriya yozuvlarini tuzing.

Yechim


Avtomobilga amortizatsiya me’yorini hisoblaymiz:

(1/5) • 100 % = 20 %

Yillik amortizatsiya summasi: 89 460 000 • 20% = 17 892 000 so’m;

amortizatsiya oylik miqdori: 17 892 000 : 12 = 1 491 000 so’m.

1 iyulgacha hisoblangan amortizatsiya summasi 1 491 000 x 4 = 5 964 000 so’m.

Hisoblangan amortizatsiyalarga har oyda quyidagi o’tkazma beriladi:

D 9420 “Ma’muriy xarajatlar” 1 491 000 so’m

K 0260 “Transport vositalarini eskirishi” 1 491 000 so’m


3-misol.

2019 yil 01 oktyabr holatiga transport tirkamasiga amortizatsiya hisob qilindi. Uskunaning boshlang’ich qiymati 33 000 000 so’mni tashkil qiladi. Tugatish qiymati 3 000 000 so’m. Ushbu ob’ekt 2016 yilning 01 yanvarida sotib olingan, foydali ish muddati 5 yil. Amortizatsiya hisoblash usuli - yillar soni yig’indisi bo’yicha. Ob’ekt korxonaning asosiy ishlab chiqarish tsexida ishlatiladi. Buxgalteriya yozuvlarini tuzing.

Yechim

Uskunaning foydali hayot yillar soni yig’indisi: (1 + 2 + 3 + 4 + 5) = 15.



Amortizatsiyalanadigan qiymat 30 000 000 so’m (33 000 000 – 3 000 000).

Amortizatsiya hisoblash summasi birinchi yili 5/15 * 30 000 000 = 10 000 000 so’m; ikkinchi yilda 4/15 * 30 000 000 so’m = 8 000 000 so’m; uchinchi yilda 3/15 * 30 000 000 = 6 000 000 so’m; to’rtinchi yili (2/15 • 30 000 000) • 9/12 = 3 000 000 so’m bo’ladi.

Shunday qilib, butun haqiqiy foydalanish vaqti davomida, jamg’arilgan amortizatsiya summasi: 27 000 000 so’m (10 000 000 + 8 000 000 + 6 000 000 + 3 000 000) ga teng bo’ladi.

Har oyda (2019 yil sentyabr oyiga) hisoblangan amortizatsiya ajratmalar summasiga quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi beriladi:

D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” 333 333 so’m

K 0230 “Transport vositalarini eskirishi” 333 333 so’m.

(2/15 • 30 000 000 /12 = 333 333 so’m)


Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   721




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə