Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə48/721
tarix10.04.2022
ölçüsü2,01 Mb.
#85246
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   721
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Joriy majburiyatlar

Ajratilgan bo’linmalar, sho’ba korxonalar va qaram xo’jalik jam’iyatlarga qarz

Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz

Byudjetdan tashqari fondlarga to’lovlar bo’yicha qarzlar

Xodimlarga qarzlar

Qisqa muddatli bank kreditlari

Boshqa qisqa muddatli majburiyatlar



Uzoq muddatli majburiyatlar


1.4-chizma. Korxona mablag’lari manbalari (passivlari)ning turkumlanishi
1.9. Xo’jalik jarayonlari
Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari uchun zahiralarga xarajatlar va to’lovlarni xarajatlarga bir tekisda qo’shish uchun belgilangan tartibda tashkil etiladigan zahiralar kiradi.

Kreditorlik qarzlar - bu korxonalarning mol etkazib beruvchilarga olgan materiallari uchun, pudratchilarga ular tomonidan bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar hamda boshqa muomalalar bo’yicha paydo bo’ladigan qarzlardir.

Korxona majburiyatlari - bu byudjetga va byudjetdan tashqari fondlarga o’tkaziladigan ajratma va soliq summalari, ishchi va xizmatchilarga beriladigan ish (mehnat) haqi summasi va boshqalardir.

Buxgalteriya hisobining ob’ektlariga yuqorida ko’rib chiqilgan xo’jalik mablag’lari va ularning tashkil topish manbalaridan tashqari xo’jalik jarayonlari ham kiradi. Xo’jalik jarayonlari ta’minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlaridan iborat bo’lib, kapitalning doiraviy aylanishini shakllantiradi.

Korxonaning ishlab chiqarish faoliyati uni ishlab chiqarish zahiralari bilan ta’minlashdan boshlanadi. Ishlab chiqarish vositalarini sotib olish va tayyorlash jarayoni ta’minot jarayoni deb ataladi. Ta’minot jarayonida pul mablag’lari ishlab chiqarish zahiralari va asosiy vositalar ko’rinishiga o’tadi. Bu bosqichda korxona mol etkazib beruvchilardan, boshqa korxona va tashkilotlardan ishlab chiqarish zahiralari (xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, yoqilg’i va moylash materiallari va h.k.) va asosiy vositalar (mashinalar, qurilmalar va h.k.) sotib oladilar va shu bilan birga ishlab chiqarish jarayonining to’xtovsizligi ta’minlanadi. Ta’minot jarayonining vazifalari quyidagicha:

- mol etkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarning bajarilishini nazorat qilish;

- sotib olingan tovar-modiy zahiralarning (TMZ) haqiqiy tannarxini aniqlash;

- TMZning saqlanishi va oqilona sarflanishi ustidan nazorat o’rnatish.



Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari ishchi kuchi bilan birikib tayyor mahsulot ishlab chiqiladi. Bu jarayonning ta’siri ostida ishlab chiqarish vositalarining ayrim elementlari o’z shaklini o’zgartiradi va boshqacha xususiyatlarga ega bo’ladi. Bu mahsulotlar tayinlanishiga ko’ra shaxsiy iste’mol va ishlab chiqarish iste’moli uchun ishlatilishi yoki sotilishi mumkin. Ishlab chiqarish jarayoni quyidagi vazifalarni hal etishi lozim:

- ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami va turlari bo’yicha pul ifodasida natural o’lchovlardagi hajmini aniqlash;

- sotilgan mahsulotlar jami va turlari bo’yicha haqiqiy tannarxini hisoblash;

- moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan tejamli va oqilona foydalanishni nazorat qilish.



Realizatsiya jarayoni xo’jalik mablag’larining doiraviy aylanishini yakunlar ekan, korxona o’z tayyor mahsulotini xaridorlarga sotadi va natijada ulardan pul kelib tushadi.

Shunday qilib, bu jarayonda tayyor mahsulot pul shakliga o’tadi. Ko’p hollarda sotilgan mahsulot uchun pul kelib tushishi mahsulot sotilgan vaqtdan kechikadi. Bunday hollarda mahsulot vaqtincha muomaladagi mablag’lar, ya’ni debitorlik qarz shakliga o’tadi. Realizatsiya jarayoni oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi:

- shartnomalar bajarilishini nazorat qilish - mahsulot sotish hajmi va assortimenti;

- sotilgan mahsulotlar uchun tushumlarni o’z vaqtida va to’liq hisoblash;

- yakuniy moliyaviy natijani (foyda yoki zarar) aniqlash.

Shunday qilib, xo’jalik faoliyati jarayonida korxona mablag’lari doiraviy aylanishining uchta bosqichini ketma-ket o’tar ekan. Ularning ayrimlari ta’minot jarayonida bo’lganida, ayrimlari ishlab chiqarish jarayonida bo’ladi, shuningdek, bir qismi realizatsiya jarayonida bo’ladi va natijada biridan ikkinchisiga o’tib turadi.

Shuni ham ta’kidlash zarurki, doiraviy aylanishda xo’jalik mablag’larining shakllari va tuslari ham o’zgarib turadi. Masalan, ta’minot jarayonidagi xomashyo va materiallar ishlab chiqarish jarayonidan so’ng boshqa shakl va tusga, ya’ni tayyor mahsulotga aylanadi. O’z navbatida tayyor mahsulot sotilgandan so’ng esa pul shakliga o’tadi.

Doiraviy aylanish jarayonida xo’jalik mablag’larining manbalarida ham o’zgarish sodir bo’ladi. Mablag’lar chetdan jalb qilinganda, foyda aks ettirilganda, foyda taqsimlanganda, ssudalar bo’yicha hisob-kitoblar amalga oshirilganda va boshqa hollarda mablag’lar manbalarida o’zgarish sodir bo’ladi.

Demak, xo’jalik mablag’lari va ularning manbalari doimo harakatda bo’lib, o’zgarib turar ekan. Xo’jalik mablag’lari va ular manbalarining tarkibi hamda tuzilishida sodir bo’lib, tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan ayrim o’zgarishlar xo’jalik muomalasi deb ataladi. Masalan, mol etkazib beruvchilardan tovar-moddiy boyliklar sotib olish, ishlab chiqarishga moddiy boyliklarni sarflash, asosiy ishlab chiqarishdan olingan mahsulotlarni kirim qilish, tayyor mahsulotni xaridorlarga sotish, kassaga bankdagi hisob-kitob hisobvaraqidan naqd pul kirim qilish va boshqa shunga o’xshash ayrim muomalalar.

Xo’jalik mablag’lari va ularning tashkil topish manbalarida o’zgarish sodir qiluvchi barcha xo’jalik muomalalari tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi va buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Xo’jalik mablag’lari, ularning tashkil topish manbalarining tarkibi va funktsional rolini, ularning doiraviy aylanish jarayonlaridagi harakatini ko’rib chiqib, buxgalteriya hisobi predmetiga umumiy ta’rif berish mumkin.

Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning pulda baholanadigan xo’jalik mablag’lari, ularning tashkil topish manbalari hamda xo’jalik faoliyati jarayonida sodir bo’ladigan mablag’lar doiraviy aylanishi va manbalar o’zgarishi buxgalteriya hisobining predmetini tashkil etadi.


Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   721




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə