Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


To’lov topshiriqnomalari bo’yicha to’lovlar



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə76/721
tarix10.04.2022
ölçüsü2,01 Mb.
#85246
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   721
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

To’lov topshiriqnomalari bo’yicha to’lovlar. To’lov topshiriqnomasi - mijozning unga xizmat ko’rsatuvchi bankka o’z hisobvarag’idan topshiriqnomada belgilangan summani mablag’larni oluvchining hisobvarag’iga o’tkazish to’g’risidagi topshirig’i nazarda tutilgan hisob-kitob hujjatidir.

To’lov topshiriqnomalari bilan tovarlar (ishlar, xizmatlar), soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar hamda qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblar amalga oshirilishi mumkin. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan O’zbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portali va O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining rasmiy saytida joylashgan soliq to’lovchilarning shaxsiy kabineti orqali elektron to’lov topshiriqnomasi bilan byudjetga va davlat maqsadli jamg’armalariga soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlar amalga oshirilishi mumkin.

Bank hisobvarag’i shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, to’lov topshiriqnomasi bank tomonidan mijozning hisobvarag’ida mablag’lar mavjud bo’lgandagina qabul qilinadi va amalga oshiriladi.

Mijozning hisobvarag’ida mablag’ bo’lishi yoki bo’lmasligidan qat’i nazar, mijozning soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha taqdim etgan to’lov topshiriqnomalari bank tomonidan qabul qilinadi. Mijozning hisobvarag’ida mablag’ bo’lmagan taqdirda, to’lov topshiriqnomasi “Muddatida to’lanmagan hisob-kitob hujjatlari” (2-kartoteka) 90963 bank balans hisobvarag’iga joylashtiriladi hamda mablag’larning kelib tushishiga qarab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to’lanadi.

Mijozning hisobvarag’ida etarli mablag’ bo’lmagan taqdirda, bank tomonidan mijozning soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bilan bog’liq to’lov topshiriqnomalari bo’yicha qisman to’lov amalga oshiriladi, bunda to’lov topshiriqnomasining orqa tomonida qisman to’langan summa va sana ko’rsatilib, imzo qo’yiladi. Mablag’larning etarli bo’lmagan qismi doirasida to’lov topshiriqnomasi “Muddatida to’lanmagan hisob-kitob hujjatlari” (2-kartoteka) 90963 balans hisobvarag’iga joylashtiriladi hamda mablag’larning kelib tushishiga qarab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to’lanadi.

Mijoz tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha taqdim etilgan to’lov topshiriqnomalari tegishli davlat soliq xizmati organining yozma ruxsati yoki elektron shakldagi murojaati asosidagina qaytarib olinishi mumkin.

To’lov topshiriqnomasining sanasi u bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo’lishi kerak, ular mos kelmagan taqdirda, to’lov topshiriqnomasi bank tomonidan ijro uchun qabul qilinmaydi.

Mijoz pochta aloqasi tashkilotlariga va AT Xalq banki filiallariga pensiyalar, alimentlar va boshqa to’lovlar bo’yicha o’tkaziladigan mablag’lar bilan bog’liq to’lov topshiriqnomalariga barcha zarur hujjatlarni (ma’lumotnomalar, o’tkazmalar ro’yxati va boshqalar) taqdim etishi shart.

Xo’jalik yurituvchi sub’ektning kechiktirib bo’lmaydigan ehtiyojlari uchun o’z hisobvarag’idagi mablag’lardan foydalanishi “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag’larini hisobdan chiqarish tartibi to’g’risidagi yo’riqnomaga” muvofiq to’lov topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi. Bunda to’lov topshiriqnomasining “To’lov maqsadi” grafasiga “Kechiktirib bo’lmaydigan ehtiyojlar summasi hisobidan” deb yozib qo’yiladi.

To’lov topshiriqnomalari bankka:

a) mablag’larni to’lovchi va mablag’larni oluvchiga bitta bank tomonidan xizmat ko’rsatilganda, to’lov topshiriqnomalari uch nusxada taqdim qilinadi. Bunda to’lov amalga oshirilgandan so’ng, to’lov topshiriqnomasining:

birinchi nusxasi - bankning kunlik hujjatlar yig’majildiga tikib qo’yiladi;

ikkinchi nusxasi - mablag’larni oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirmaga ilova qilingan holda mablag’larni oluvchiga taqdim qilinadi;

uchinchi nusxasi - mablag’larni to’lovchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirmaga ilova qilingan holda mablag’larni to’lovchiga taqdim qilinadi;

b) mablag’larni to’lovchi va mablag’larni oluvchiga turli banklar tomonidan xizmat ko’rsatilganda - to’lov topshiriqnomalari ikki nusxada taqdim qilinadi. Bunda to’lov amalga oshirilgandan so’ng, to’lov topshiriqnomasining:

birinchi nusxasi - bankning kunlik hujjatlar yig’majildiga tikib qo’yiladi;

ikkinchi nusxasi - mablag’larni to’lovchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirmaga ilova qilingan holda mablag’larni to’lovchiga taqdim qilinadi.

Mijozlardan umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari orqali olingan elektron to’lov topshiriqnomasi dasturiy nazoratdan o’tkaziladi va bank amaliyot kunida qayta ishlash uchun uzatiladi. Elektron to’lov topshiriqnomasi to’lov amalga oshirilganidan so’ng, ro’yxat ko’rinishida chop etiladi va bankning kunlik hujjatlar yig’majildiga tikib qo’yiladi.

Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko’rsatish tizimi orqali yuborilgan elektron to’lov topshiriqnomalarining qog’oz ko’rinishidagi asl nusxasi bankka taqdim etilmaydi. Elektron to’lov topshiriqnomalarining rasmiylashtirilishi va ulardagi ma’lumotlarning to’g’riligi uchun mijoz javobgar hisoblanadi.

Mablag’larni oluvchi bank tomonidan to’lov tizimi orqali olingan elektron to’lov topshiriqnomalari ro’yxat ko’rinishida chop etilib, bankning kunlik hujjatlar yig’majildiga tikib qo’yiladi. Elektron to’lov topshiriqnomasining bir nusxasi mablag’larni oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirmaga ilova qilingan holda unga taqdim qilinadi.




Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   721




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə