Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/136
tarix28.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#134904
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

 
Миллий ғурур
– шахс, ижтимоий гуруҳнинг миллий ўз-ўзини англаши
асосида шаклланадиган аждодлари қолдирган моддий ва маънавий меросдан, ўз 
халқининг жаҳон цивилизациясига қўшган ҳиссаси, ўзга миллатлар олдидаги қадр-
қиммати, обрў-эътиборидан фахрланиш ҳиссини
ифодалови тушунча 


112 
hissassidan g’ururlanish imkoniyati. Milliy iftixor tuyg’usi – o’zligini anglash 
o’zgalarni tushunishga da’vat etuvchi qudrali kuch”
91

Ma’lumki, tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida 
yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini 
tarkib toptirish jarayonidir. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyatan 
turlicha ifodalab kelingan bo’lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib 
chiqib asoslangan
92
bo’lsa-da, barcha davrlarda ham milliy qadriyatlar, ularning 
mohiyati tarbiya jarayoniga chuqur singdirilib borilgan. Eng muhim, tarbiya 
jarayonida asosiy e’tibor sog’lom avlodni tarbiyalab voyaga etkazishga qaratilgan.
 
Sog’lom avlod
– jismonan baquvvat, ma’naviyati boy, axloqli, yuksak tafakkurga 
ega avlod. 
Har jihatdan etuk, sog’lom kishilar o’zlarida asrlar davomida o’zi mansub xalq 
tomonidan e’zozlanib kelingan eng ulug’ fazilatlar – iymon, insof, mehr-oqibat, 
shafqat va rahmdillilik, uyat va andisha, or-nomus, o’zaro hurmat, yuksak 
Vatanparvarlik, eliga va xalqiga sadoqat kabi qadriyatlarni va g’oyalarni 
mujassamlashtirgan bo’lishlari lozim. 
Barkamol shaxs qiyofasida quyidagi fazilatlar o’z aksini topadi:
-
ota-onasi, farzandlari, qarindoshlari, xullas butun oila a’zolari, qo’ni-qo’shnilari, 
mahalla-ko’yi, qishloqdoshlari va xalq farovonligi, 
mamlakat obodligi va istiqboli uchun qayg’urish; 
-
tevarak-atrofdagi insonlar unga kerak bo’lganligi
kabi o’zi ham ularga kerakli bo’lishga intilishi; 
-
odob-axloqi, fe’l-atvorini yoqimli qilishni insoniy burch deb hisoblash; 
-
ota-bobolardan, ajdodlardan yodgor bo’lib qolgan madaniy merosni qadrlash; 
-
milliy qadriyatlarni e’zozlash va ularga sodiq bo’lib qolish; 
-
vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik tuyg’ularining barqaror bo’lishi; 
-
o’zaro muomala-munosabatda o’rnak bo’lishga moyillik,
birovning og’irini engil qilishni odat qilish; 
-
umumxalq ma’qullagan va hukumat tomonidan qabul qilingan
Konstitutsiyani hurmat qilish va unga sadoqat namunalarini amalda ko’rsatish; 
-
Vatanni himoya qilish, boshqacha aytganda, harbiy
vatanparvarlik tuyg’ulari bilan yashash; 
-
diyonat va adolat, mehr-shafqat va ezgulikni himoya qilish; 
-
va’daga vafoli bo’lish va b. 
Ma’naviy barkamol inson shon-shuhrat, mansab, moddiy boylik ketidan 
quvmaydi, moddiy qiyinchiliklarga duch kelganda qaddi bukilmaydi, ba’zan 
uyushtirilgan tuhmatu-fitnalarga uning ruhini tushira olmaydi. Demak, har qanday 
shum taqdir va qismat pokiza, mard, ma’naviy barkamol inson ma’naviyatini buza 
olmaydi, balki mustahkamlaydi, chiniqtiradi. Yuksak darajadagi ma’naviyatga ega 
inson – fidoyilik, jasorat, mardlik, o’z xalqini sevish, Vatanni qadrlash, 
ajdodlaridan fahrlanish kabi olijanob fazilatlari bilan ajralib turadi. Insonning 
91
Ўша манба. – 179-бет. 
92
Педагогика назарияси ва тарихи. 1-қисм: Педагогика назарияси / М.Х.Тохтаходжаева ва б. – Тошкент: 
“Iqtisod-moliya”, 2007. – 380-бет.


113 
insonligi, birinchi navbatda uning ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamolligi, pokligi 
bilan belgilanadi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə