Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Oilada bolalarni milliy ruhda tarbiyalash yo’llari



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/136
tarix28.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#134904
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

 
Oilada bolalarni milliy ruhda tarbiyalash yo’llari.
Ma’naviy va ma’rifiy 
barkamollikning qirralari va mezonlari qatoriga mustaqillik tafakkuri va milliy 
iftixor ham kiradi. Mustaqillik tafakkurini har bir kishida shakllantirish nihoyatda 
zarur. Toki, mustaqillik tafakkuri, milliy iftixor, g’urur bo’lmas ekan, fidokorlik, 
vatanparvarlik, millatparvarlik kabi xislatlar jo’sh urmaydi. 
Mustaqillik tafakkuri keng qamrovli bo’lib, u quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
- Vatan istiqloli va istiqboli haqida qayg’urish; 
- xalqi, yurti qadr-qimmati, or-nomusini anglash va buni himoya qilish; 
- butun mehnati, iste’dodi, imkoniyatini, zarur bo’lsa jonini
ham yurt istiqboli, xalq baxti uchun baxshida etish va b. 
Mustaqillik bugungi kun yoshlariga ajdodlar tomonidan qoldirilgan ulug’ 
imkoniyat, boy meros, muqaddas tuyg’udir. Shunday ekan uni xoh oila sharoitida, 
xoh ta’lim muassasalarida bo’lsin tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonida 
yoshlar (bolalar) ongiga singdirib borish, uni asrashni o’rgatish maqsadga 
muvofiqdir. Binobarin, bugungi kun yoshlari yurt mustaqilligini asrab-avaylash har 
bir fuqaro zimmasidagi sharafli burch ekanligini anglay olsin. Ota-onalar ham o’z 
navbatida oila muhitida farzandlarni yurt mustaqilligini himoya qilish, asrab-
avaylashni so’zdagina emas, balki amalda ham o’z xatti-harakatlari namunasida 
tushuntira olishlari zarur. Bunda har bir fuqaro, shu jumladan, o’quvchilar 
zimmasiga yuklatilgan eng oddiy vazifalar, jumladan, o’quv fanlari asoslarini 
chuqur o’zlashtirish, bilimlarni puxta egallash kabilarni muvaffaqiyatli ado etish 
yurt mustaqilligini mustahkamlash, Vatan ravnaqi, yurt obodligini ta’minlashga 
qo’shilgan hissa ekanligini anglatishga e’tibor qaratishlari kerak.
Yuqorida aytib o’tilganidek, shaxs ma’naviy barkamolligining muhim 
ko’rinishlaridan biri – bu uning milliy iftixor tuyg’usiga egaligi sanaladi. Milliy 
iftixor o’z xalqining bir necha ming yillar davomida yaratib kelgan barcha moddiy 
va ma’naviy boyliklari, tarixiy merosi, urf-odatlari, an’analari, odob-axloqi, 
turmush tarzi, yuksak ma’naviyati, barcha tarixiy yutuqlari va saboqlariga cheksiz 
hurmat va e’zoz bilan munosabatda bo’lish, avaylab-asrashdir. 
O’z xalqining tarixini, milliy qadriyatlarini, tilini, istiqbol manfaatlarini 
bilmagan, qadrlamagan, milliy mansubligini unutgan, o’z millatining istiqboli 
uchun qayg’urmaydigan, kurashmaydigan kishilarda milliy g’urur ham, millat va 
faxrlanish ham, millatparvarlik ham bo’lmaydi. Bunday shaxslar ma’naviy 
barkamol sanalmaydi. 
Ma’naviy barkamol insonni tarbiyalash qanchalik murakkab bo’lsa-da, biroq, 
bu maqsadga erishish millatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi 
rivojini, yuuqlarini kafolatlaydi. 
Bugungi keskin va murakkab vaziyatdan tegishli xulosalar chiqarib olish kerak. 
Ayni vaqtda avangard bo’la oladigan yoshlarning siyosiy tashkilotini qaytadan 
tiklashni davr taqozo etmoqda. Ushbu tashkilot yoshlarni fidoiy, faol, bunyodkor 
bo’la olishlarida namuna ko’rsata olishi, ularning e’tiborlarini maishiy ikir-
chikirlardan oliy maqsadlar, ulkan yaratuvchanlikka qarata olishi zarur. Bu esa o’z 


114 
navbatida oila sharoitida ota-onalar tomonidan voyaga etmagan farzandlar e’tibori 
nimaga qaratilganligi, ularning ongida qanday g’oyalar mustahkam o’rin 
olganligiga qarata olishlari darkor. Ota-onalar o’z farzandlarini ularning 
rahbarligida yoki mustaqil ravishda o’zlarida chinakam vatanparvarlik, 
baynalmilallik sifatlarini tarbiyalay olishlari uchun zarur pedagogik shart-sharoitni 
yaratib bera olishlari muhimdir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan 
turib, ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib, esa biz 
ko’zlagan oliy maqsad ozod va obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə