Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/136
tarix28.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#134904
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

 
Миллийлик
– ўз миллатини улуғлаш ва унинг манфаатини ҳимоя қилиш, миллий 
ғурур ва миллий нафсоният туйғулари, ўз тили, адабиёти, маданияти ва санъати, дини, 
тарихи ва урф-одатлари байрам сайллари маданий маънавий қадриятларини қадрлаш, ўз 
туғилиб вояга етган диёрини ардоқлаш, унинг мусаффо осмони билан фахрланиш 
туйғуси

Миллий онг
деб миллатнинг тарихи, тақдири ва истиқболи билан боғлиқ 
манфаатлар ва мақсадларини ифодаловчи, миллат вакиллари фаолиятини мақсад, 
йўналишлар томон бошқариб турадиган ғоялар, фикрлар тизими. 


111 
Hal qiluvchi omil sifatida milliy ong “millatning mavjud bo’lishi, uning tarixiy 
taraqqiyoti va istiqboli”ni belgilaydi hamda millatning “shakllanishi, uning 
taraqqiy etishi va abadiyligini ta’minlaydi”
88
. Milliy ong asoslari millat paydo 
bo’lgan ilk daqiqalardan shakllana borgan va uning o’zi bilan parallel ravishda 
rivojlanib keladi.
Milliy ong o’zida millatning orzu-niyatlari, o’y-fikrlari, hayotiy yondashuv, 
intilish va maqsadlarini, ijtimoiy-milliy turmush tarzi hamda tabiiy borliqqa
ijtimoiy sub’ektlarga, oilaga, farzandlar tarbiyasi hamda shaxsning o’ziga bo’lgan 
munosabatlari mazmunini aks ettiradi. Shu sababli oila sharoitida bolalar 
tarbiyasini tashkil etishda ularda milliy ongni samarali shakllantira olish dolzarb 
ahamiyatga ega. Yoshlarning milliy ongga ega bo’lishlari ularda milliy g’ururning 
samarali shakllanishiga, milliy jihatdan o’zliklarini anglashlariga yordam beradi.
Har bir millatning o’z-o’zini anglashi natijasida sodir bo’ladigan ichki ruhiy 
kayfiyati milliy g’urur uning o’zi yashaydigan zamin, o’tmishi, ajdodlar moddiy va 
ma’naviy merosining jahon tsivilizatsiyasiga qo’shgan hissasi, o’zga millatlar 
oldidagi qadr-qimmati, obro’-e’tibori, xalqaro maydonda tutgan o’rnidan 
faxrlanish hissini ifodalovi tushuncha sanaladi. 
Oila sharoitida ota-onalar tomonidan “milliy iftixor” iborasi mohiyatini so’zma-
so’z anglanishi hamda bu haqida bolalarga ma’lumot berilishi ularda ushbu 
tuyg’uning shakllanishini ta’minlaydi. Bu o’rinda ota-onalar “iftixor”
tushunchasi 
“ulug’ bir narsaga daxldorlikdan faxrlanish, quvonish, g’ururlanish”
89
bo’lsa, 
“milliylik” muayyan millatga daxldorlikni ifodalashi haqida ma’lumotlarni bera 
olishlari zarur. Yaxlit holda esa “milliy iftixor” iborasi “o’z millati, uning tarixi
milliy qadriyat va an’analari bilan faxrlanib yashash tuyg’usidir” 
90

Milliy g’urur – milliy iftixor demakdir. Milliy iftixor millat o’zining o’zini 
yaxlit ijtimoiy birlik, qon-qarindoshlik, til, madaniyat, ma’naviyat, iqtisodiy hayot 
va kelajak birligi muayyan millat vakillarining qalbidan chuqur o’rin egallaydi. 
Milliy iftixor millat ma’naviy kamolotining barcha jihatlarini, merosi va bugungi 
qadriyatlarni o’z ichiga oladi. Milliy mustaqillik natijasida erishilgan va erishilajak 
iqtisodiy va ma’naviy yutuqlar ko’paygani sari O’zbekiston bilan faxrlanish hissi - 
milliy iftixor shunchalik ko’payib boraveradi. Milliy iftixor mamlakatimizning 
barcha fuqaroldari uchun birdek tegishli va uning yuksala borishi uchun barcha 
fuqarolar barobar ma’suldirlar. 
“Milliy iftixor tuyg’usi – o’z milliy mansubligidan faxrlanish, o’z millatining boy tarixi, 
madaniy va ma’naviy merosidan, uning jahon tsivilizatsiyasiga qo’shgan 
88
Фалсафа. Қисқача изоҳли луғат / Масъул муҳар. А.Жалолов. Таҳрир ҳайъати: М.Абдуллаева ва б. Муал.: 
М.Абдуллаева ва б. – Тошкент: “Шарқ” НМАК, 2004. – 209-бет. 
89
Тарбия / Ота-оналар ва мураббийлар учун энциклопедия. Тузувчи: М.Н.Аминов. Масъул муҳар.: 
А.Н.Мажидов. “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” – Тошкент: Давлат илмий нашриёти, 2010. – 178-бет. 
90
Ўша манба. – 179-бет. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə