Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/136
tarix28.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#134904
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

TG’R Guruhlar 
Topshiriq mavzusi 
1. 
1-guruh 
Oila tarbiyasida faol qo’llaniluvchi ijobiy talablar 
2. 
2-guruh 
Oila tarbiyasida faol qo’llaniluvchi salbiy talablar 
Guruhning har bir a’zosi ixtiyoriy ravishda biror-bir metodni tanlaydi va uning 
mohiyatini to’liq yoritishga harakat qiladi. Shu asosida guruh a’zolarining o’zaro 
hamjihatligida yaxlit buklet shakllantiriladi.Har bir guruhi o’ziga berilgan mavzu 
bo’yicha ma’lumotlarni bayon qilishda quyidagi jadval asosida ish ko’rishi 
mumkin: 
1. Oila tarbiyasida faol qo’llaniluvchi ijobiy talablar 
Tg’R 
Metodlar 
Ularning mohiyati 
1. 
Iltimos 
2. 
Ishonch bildirish
3.
Ma’qullash 
… 
… 
2. Oila tarbiyasida faol qo’llaniluvchi salbiy talablar 
№ 
Metodlar 
Ularning mohiyati 
1. 
Ishonchsizlik 
2. 
Do’q qilish
3.
O’rinsiz tanqid 

 
OILADA BOLALARNI MILLIY IFTIXOR VA MILLIY G’URUR RUHIDA 
TARBIYaLASh 
 
Reja: 
1. Oilada bolalarni milliy ruhda tarbiyalashning ahamiyati. 
2. Oilada bolalarni milliy ruhda tarbiyalash yo’llari.
3. Oilada milliy tarbiya vositalaridan foydalanish. 
 
Tayanch tushunchalar: 
milliylik, milliy tarbiya, milliy ruh,
 
milliy iftixor, milliy 
g’urur,
 
oilada bolalarni milliy ruhda tarbiyalash, milliy tarbiya vositalari. 
 
 


110 
Oilada bolalarni milliy ruhda tarbiyalashning ahamiyati.
O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Islom Karimovning “O’zbekiston XI asrga intilmoqda” nomli asarida 
erkin fuqaro va ozod shaxs haqida so’z yuritib, uni shakllantirishda quyidagi to’rt 
jihatga e’tibori qaratish maqsadga muvofiq ekanligi aytiladi: o’z haq huquqini 
taniydigan bo’lsin, buning uchun kurashsin; o’z kuchi va imkoniyatlariga 
tayanadigan bo’lsin, imkoniyatlarini ishga solib, samarasini ko’ra olsin; atrofida 
sodir bo’layotgan voqea hodisalarga mustaqil munosabat bildira olsin; shaxsiy 
manfaatlarni mamlakat va xalq manfaati bilan uyg’un holda ko’rib, faoliyat 
yuritsin.
Har bir jamiyatning taraqqiyoti millat yoshlarini milliy ruhda tarbiyalash, ularni 
milliy qadriyatlarga asoslangan ijtimoiy hayot, turmush tarziga qay darajada 
samarali tayyorlanishiga bog’liq. Shu sababli asrlar davomida har bir millat, xalq 
o’z milliy qadriyatlari negizida yosh avlod tarbiyasini tashkil etishga oid 
qarashlarni shakllantirib kelgan. Milliy yondashuv asosida tarbiya jarayonini 
tashkil etish natijasida yoshlar milliy mentalitet xususiyatlarini o’zida namoyon 
etuvchi sifatlarga ega bo’lganlar.
Lotin tilidan tarjima qilingan “mentalitet” tushunchasi “aql”, “tafakkur”, “fikrlash 
tarzi” degan ma’nolarni anglatadi. “Milliy mentalitet” atamasi milliy ong va 
faoliyat xarakterini ifodalovchi tushuncha sanaladi. Shaxsning milliy mentalitet 
xususiyatlariga ega bo’lishi uning milliy an’analari, madaniyati va turmush tarzi 
negizida kechadi. Avlodlarning milliy mentalitet xususiyatlarini o’zlarida namoyon 
eta olishlari ikki tomonlama xarakterga ega, birinchidan, bu hodisa 
konservatizmni, ya’ni, milliy xususiyatlarning ajdodlardan avlodlarga hech bir 
o’zgarishsiz o’tib borishini hamda milliy an’analarning mustahkam bo’lishini 
ta’minlaydi. Ikkinchidan, milliy mentalitetda muayyan darajada bo’lsa-da, 
o’zgaruvchanlik ko’zga tashlanadi va u milliy taraqqiyotni ta’minlashga xizmat 
qiladi.
Millatning o’zga millatlardan farqlovchi asosiy jihat – bu uning milliyligi 
sanaladi.
Mohiyatiga ko’ra “milliylik” tushunchasi “millat” tushunchasi bilan uzviy 
bog’liq. Har bir millatning shakllanishi, uzoq tarixga ega bo’lishi bilan bir vaqtda 
millatlarning o’zaro farq qiladigan jihatlari bo’ladi. Milliylik, eng avvalo, milliy 
ong va milliy g’ururda o’z aksini topadi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə