Guruh Talabasi Abdiramanov Sarvar 1-laboratoriya uchun



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə2/2
tarix11.12.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#146810
1   2
1-deadline mobil

2-laboratoriya uchun:
Ixtiyoriy emulyatorni o'rnatamiz va biror dasturni yuklab jarayonni rasmga olib qo'shamiz.
GameLoop dasturini ortatdim.

3-laboratoriya uchun:
Play Market yoki AppStore orqali ixtiyoriy foydali dasturni yuklab, uning imkoniyatlari va afzalliklari haqida ma'lumot berib o'tamiz.



4-5-laboratoriyalar uchun:
Mobil dasturga qo'yilgan talablarni berib o'tish, dastur yaratilishi jarayonlarini yozish.
Mobil ilova dizayni bo'yicha nazariy ma'lumot qo'shamiz, dastur yaratishdagi etaplarini kiritish.

Ibrat Farzandlari til o‘rgatish loyihasi doirasida mobil ilova ishlab chiqildi


Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan Ibrat Farzandlari — xorijiy tillarni bepul o‘rgatishga mo‘ljallangan loyiha doirasida Ibrat Academy ilovasi ishlab chiqildi.
Bugungi shiddatli dunyoda turli millat, madaniyat va til egalari bo‘lgan dunyo ahli har qachongidan ham ko‘proq muloqotga ehtiyoj sezmoqda. Texnologiya inqilobi sabab dunyoning istalgan burchagidan turib uning boshqa bir burchagiga soniyalarda axborot uzatish imkoni mavjud. Bir necha yuz yillar ilgari bu uzatmani amalga oshirish mumkinligi insoniyat tasavvuriga sig‘mas edi.
Millisekundlar ham muhim ahamiyat kasb etadigan tezkor zamonda, dunyo bilan hamqadam bo‘lishdagi muhim omillardan biri — bu kommunikatsiya va til vositasi sanaladi. Jahon tillarini o‘rganish nafaqat muloqot imkoniyatlarini oshiradi, balki shaxsning mehnat bozoridagi muvaffaqiyatini, kognitiv qobiliyatlarini, tafakkur diapazonini ham kengaytiradi.
Ish beruvchilar nomzod uchun zaruriy ko‘nikmalarni sanab o‘tganda, odatda bir nechta tilni bilish qobiliyatiga alohida urg‘u berishadi. Ko‘pincha bu ko‘nikma nomzodning boshqa qobiliyatlari va hatto ish tajribasidanda og‘irroq tosh bosadi. Boshqacha qilib aytganda, dizayner, servis xodimi, sotuvchi yoki kichik biznes egasi bo‘ladimi — har qanday sohada ko‘p tilni bilish kishining professional maqsadlariga erishishida muhim o‘rin tutadi.
Bundan tashqari, yangi tilni o‘rganish, yangi madaniyatni o‘rganish ham demakdir. Dunyo tarixi va san’atining aksariyati — kitoblar, filmlar, musiqalar, badiiy asarlardan tortib ilmiy tajribalargacha turli tillarda namoyon bo‘ladi. Nemis tilining nafisligiyu, yapon madaniyati intrigasini, arab tilining o‘ziga xos ohangiyu, italyan tilining she’riy jozibasini, ingliz tilining bepoyonligiyu, fransuz tilining go‘zalligini — faqatgina mana shu tillarni o‘rganish orqali to‘laqonli his qilish mumkin. Shekspir klassikasini asl ingliz tilida mutolaa qilish, Neruda she’rlarini shoir ona tilisi — ispan tilida o‘qish yoki Kurosavaning “Rashomon” asarini haqiqiy yaponcha versiyasida tomosha qilish — barchasi faqat til o‘rganish taqdim eta oladigan zavqdir.
Til o‘rganish orqali erishiladigan imkoniyatlar haqida soatlab fikr yuritish mumkin. Ammo bu ko‘nikmani shakllantirish oson emas. Til o‘rganishda malakali ustoz, samarali strategiya, o‘rganilgan bilimlarni mustahkamlash birlamchi hisoblanadi.
Hozirda O‘zbekistonda til o‘rgatuvchi professional kadrlar tanqisligi mavjud. Mamlakatda asosiy urg‘u mashhur va ommabop tillarga qaratilgan. Kadrlar ham asosan ingliz tiliga ixtisoslashgan mutaxassislardir. Masalan, ispan yoki yapon tilini o‘rganishni istagan hammaga ham o‘qituvchi yetarli emas. Professional mutaxassislar esa odatda markazlarda bo‘ladi. Chekka-chekka hududlarda yashovchi aholi esa shaharga yetib borishi qiyin.
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 2022-yil noyabr oyida tashkil etilgan Ibrat Farzandlari loyihasi xorijiy tillarni bepul, sodda va kreativ usulda o‘rgatishni maqsad qilgan. Loyiha doirasida professional ustozlar tomonidan 13 ta til bo‘yicha 22 turdagi tizimli va noldan boshlangan darslar majmuasi ishlab chiqilmoqda. Ibrat Farzandlari bilan turli tillar bo‘yicha bilimlarni qisqa muddat ichida xoxlovchilar o‘zi uchun qulay bo‘lgan yerdan turib egallashlari mumkin. Loyiha barcha uchun teng ravishda istalgan joyda, istalgan vaqtda bepul til o‘rganish imkonini beradi.
Ibrat Farzandlari qisqa vaqt ichida YouTube`da qariyb 320 mingdan ortiq o‘rganuvchiga ega bo‘ldi. Sahifada e’lon qilingan darslarning umumiy ko‘rishlar soni 12 mln dan oshdi. Raqamlardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda yoshlar o‘rtasida chet tilini rivojlantirish muhim o‘rin tutadi va bu yo‘nalishda bepul onlayn-darslarga talab yuqori.
Loyiha O‘zbekistonning chekka hududlaridagi iste’dodli yoshlarga, moliyaviy tomondan imkoniyati cheklangan, lekin chet tillarini o‘rganishga ishtiyoqi baland o‘quvchilarga ham xorijiy tillarni o‘rgatish, ularning tillar bo‘yicha savodxonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Ibrat Farzandlari`ning yana bir yaxshi tomoni — darslar bir necha yildan keyin ham o‘z aktualligini yo‘qotmasligidadir. Til o‘rganishni maqsad qilgan istalgan o‘quvchi YouTube`dagi onlayn-darslarni istalgan vaqtda ko‘rib, o‘rganishi mumkin. Lekin, YouTube imkoniyatlari cheklangan, ushbu videoplatformada o‘rganuvchilar progressini kuzatish, ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilishning iloji yo‘q.
Shu bois loyiha o‘rganuvchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida Ibrat Farzandlari loyihasi doirasida Ibrat Academy ilovasi ishlab chiqildi. Unda o‘rganuvchilar nafaqat videodarslar ko‘rishi, balki o‘zining til darajasini doimiy tekshirib borishi, bilimini mustahkamlaydigan sinov-mashqlarini bajarishi, so‘z boyligini interaktiv usulda oshirishi mumkin.

O‘rganuvchi dastlab ilovani yuklab olib, unda shaxsiy profil yaratishi lozim. So‘ng o‘zi qiziqqan tiliga obuna bo‘lib, Placement Test orqali til bo‘yicha darajasini aniqlashi mumkin bo‘ladi. Bu orqali ilova foydalanuvchining til yuzasidan bilimiga mos darajadagi darslar va sinov-mashqlarini tavsiya etadi.
Yana bir qulay jihati, ilovani onlayn ham, offlayn ham ishlatish mumkin. Ilovada tarmoqdan uzilgan holda ishlash uchun videodarsliklar, fayllar va mavzuga oid mashq materiallarini yuklab olish funksiyasi mavjud.

Har qanday tilda erkinlikka erishishning oson yo‘li — bu so‘z boyligidir. Foydalanuvchining bu boradagi rivojini ta’minlash uchun Ibrat Academy`da so‘zlar va iboralardan iborat o‘zbek tilidagi lug‘at mavjud. Lug‘atda 100 mingdan ortiq so‘z va iboralarni topish va ularni sakkiz turdagi mashqlar yordamida o‘rganish mumkin.
Shuningdek, ilovada respublika miqyosidagi “Peshqadamlar jadvali” ham uzluksiz ravishda berib boriladi. Ilg‘or o‘rganuvchilar esa munosib taqdirlanadi.
Kutilmagan sovg‘alarga ega bo‘lish uchun ilovani yuklab olish, faol foydalanuvchi bo‘lish, loyihani kuzatib borish va ilovaning peshqadam o‘rganuvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan yakuniy tanlovda g‘olib bo‘lish talab etiladi.

Ilovaning keyingi yangilanishlarida sun’iy intellekt funksiyasi ham qo‘shilishi kutilmoqda. Bu ilovada har bir foydalanuvchi bilan individual yondashuvda ishlash imkonini yaratadi. Ya’ni sun’iy intellekt funksiyasi o‘rganuvchining topshiriqlarini tekshiradi, u bilan muloqot qiladi, xato va kamchiliklari yuzasidan fikr bildiradi, hamda tavsiyalar beradi.
Ilovadan foydalanishda yosh chegarasi yo‘q. Ibrat Academy yordamidan barcha til ixlosmandlari sodda, samarali va muhimi bepul usulda o‘zbek tilida ingliz, rus, fransuz va boshqa ko‘plab tillarni o‘rgana oladi.
Bugun til o‘rganishda yangi davr boshlandi. Loyiha dunyo madaniyatlari o‘rtasida ko‘prik yaratgani bois, bu xamma istovchilarga intellektual harakatga qo‘shilish uchun yaxshi imkoniyatdir. Chunki yangi til kommunikatsiya imkoniyatlarini rivojlantiradi va deyarli barchaga dunyoning istalgan burchagida ravon muloqot qilish imkonini taqdim etadi.
Loyihadan ko‘zlangan maqsad faqat til o‘rgatish emas, balki asosiysi — o‘zbekistonlik global ilg‘or insonlarni tayyorlash.

https://ibratfarzandlari.uz/#events
6-laboratoriya:
Android Studio dasturini o'rnatganlik rasmlari va ma'lumotlari


Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə