Guruh talabasi: asqaraliyeva rahimaxonning


Ayollar milliy ko`ylaklarda bezakli to`rlarni tikish texnologiyasi



Yüklə 48,29 Kb.
səhifə3/6
tarix30.12.2023
ölçüsü48,29 Kb.
#164363
1   2   3   4   5   6
ASQARALIYEVA RAHIMAXON texnik ijodkor

.2.Ayollar milliy ko`ylaklarda bezakli to`rlarni tikish texnologiyasi
Milliy ko`ylaklarimizga moda yo`nalishiga qarab turli to`rlar va tayyor kiyim elementlari bilan bezash hozirda urf bo`lgan. Lekin barcha kiyimlar kabi milliy ko`ylaklarga ham to`rlar va kiyim bezaklarini tikishda ularda foydalanish qoidalariga rioya qilish bilan birga ularni kiyim uchun tanlay olish ham kerak bo`ladi. Kiyimga kiyim bezaklarini chiroyli tikkan bilan uni kiyimga estetik did bilan tanlanmasa u kiyimni chiroyini ochish o`rniga uni sifatini tushirishi mumkin. Shuni nazarda tutgan holda quyida kiyim bezakalaridan foydalanishni ayrim usullarini tahlil qilamiz.
- Kiyim bezaklari (to`rlar, tasmalar, burmalar, mag’izlar) ni tanlashda avvalo kiyim tikiladigan gazlama xususiyatini e’tiborga olish lozim. Chunki gazlama tabiiy tolali bo`lsa kiyim bezagi ham shunga xos bo`lishi lozim. Kiyim gazlamasi sun’iy tolali bo`lsa kiyim bezagi ham sun’iy tolali bo`lishi kerak.
Kiyim gazlamasi kirishuvchan bo`lganda kiyimga bezakni o`rnatib tikishda bu xususiyatni esda saqlagan holda tikishi lozim, aks holda kiyim yuvilgandan so`ng kiyim bezagini qayta so`kib tikishga to`g’ri keladi.
- Kiyimga to`r yoki tasmali bezaklarni tikishda kiyim bezagi tikuv mashinasi tishqi reykasi tomonda ya’ni kiyimni ostki tomonida bo`lishligini ta’minlash lozim. Chunki tishli reyka albatta kiyimga ma’lum chim tashlab tikadi. Kiyim detaliga to`r ulashda kiyim detaliga chim aslo tushmasligi kerak, aks holda kiyim detalini o`sha joyi burishib chiroyli chiqmasligi mumkin.
- Kiyimga tayyor tasmalar – kantlar bilan ishlov berishda ham tasmani kiyimga o`rnatish qoidalariga rioya qilish lozim. Tasmani kiyimga tikishdan oldin unga namlab-issiqlik bilan ishlov berish lozim. Agar tasma yoqa o`miziga tikilsa, ya’ni botiq yuzaga tikilsa tasma ikkiga bo`ilinib ochiq qirqim tomoni cho`zilib, yopiq qirqim tomoni kirishtirib dazmollanadi. Agar tasma qabariq yuzaga, koketka ostki qirqimiga, yeng uchiga, cho`ntaklarga va h.k. tasma ikkiga bukilib yopiq qirqim tomoni cho`zilib, ochiq qirqim tomoni kirishtirib namlab dazmollangandan so`ng o`rnatilsa kiyim chiroyli chiqadi.

Yüklə 48,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə