Guruh talabasi: asqaraliyeva rahimaxonning


Kiyimga burmalar bilan ishlov berishda nimalarga e’tibor berish lozim



Yüklə 48,29 Kb.
səhifə4/6
tarix30.12.2023
ölçüsü48,29 Kb.
#164363
1   2   3   4   5   6
ASQARALIYEVA RAHIMAXON texnik ijodkor

Kiyimga burmalar bilan ishlov berishda nimalarga e’tibor berish lozim
Birinchi navbatda kiyim egasini yoshiga, chunki katta yoshli kishilarga aksariyat hollarda burmali kiyimlarni havola etmaymiz. Chunki katta yoshli kishilarga burmali kiyimlar ularni bachkana qilib ko`rsatadi. Ularni yoshida burmasiz, burmali bo`lgan holda ham sezilarsiz bo`lishi lozim.


8-rasm. Burma va tasma bilan bezatilgan milliy ko`ylak namunalari.
Ayollar milliy ko`ylaklariga turli applikatsiyalar bilan ishlov berish yo`llari
Hozirda bozorlarimizda kashta choklarga moslab ishlab chiqarilgan yopishtiriladigan, tikiladigan, yelim bilan yopishtiriladigan applikatsiyalarni ko`plab uchratish mumkin. Bu applikatsiyalardan ham to`gri foydalanilmasa kiyim sifatiga salbiy ta’sir ko`rsatishi mumkin. Bilamizki, kashta tikish murakkab jarayon bo`lib, hamma tikuvchilar ham uni uddalay olmaydir. Shuning uchun, ko`pincha tayyor kashtali applikatsiyalardan foydalanadilar. Applikatsiyalar kiyimga chiroyli ko`rinish berish bilan birga ayrim kamchiliklarni yopishi, ayrim choklarni ko`rsatmasligi, kiyimga bezak berishi maqsadida ishlatiladi. Applikatsiyalarni tanlashda nimalarga e’tibor berish lozim?
Birinchidan, gazlama rangi va gullarini e’tiborga olish lozim;
Ikkinchidan, gazlama xususiyatiga mos tushishi kerak;
Uchinchidan, gazlama narxiga, tashqi bezaklariga mos bo`lishi kerak;
To`rtinchidan, kiyim egasini tashqi ko`rinishi, yoshi va kiyimni kiyish joyiga qarab tanlash kerak.
Ayrim hollarda oq rangli gazlamalarga yosh xotin-qizlar uchun qora, qizil, ko`k, yashil rangli applikatsiyalarni tanlash mumkin ayrim hollarda esa gazlamadagi ranglardan eng ko`p uchraydigan rangiga qarab tanlanadi.
O`zbek milliy ko`ylaklarni tikishda zamonaviy tikish texnologiyalaridan optimal foydalanish
Yuqorida aytganimizdek, hozirda bozorlarimizda xotin-qizlar kiyimlarini tikish uchun tirli-tuman gazlamalar bilan bir qatorda kiyim tikishda ishlatiladigan, kiyim tikish samaradorligini, sifatini oshirishda qo`llaniladigan kiyim elementlarini uchratish mumkin. Lekin bu elementlardan to`gri foydalanishni barcha tikuvchilar ham uddalay olishayapdi deb ayta olmaymiz. Demak, shundan foydalansam kiyim sifatli chiqadi, kiyim egasi sifatli elementlardan foydalanib tikibdi degan ko`r-ko`rona qarashlar uchrab turadi. Shuning uchun, quyida zamonaviy kiyim elementlaridan foydalanish texnologiyalari, ulardan foydalanishni optimal yo`llari haqida to`xtalib o`tmoqchimiz.

Yüklə 48,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə