Guruh talabasi Buriyev Shodiyorning dinshunoslik fanidan tayyorlagan slaydi


Noan`anaviy dinlar dunyo hamjamiyatini tashvishga solmoqda



Yüklə 10,76 Kb.
səhifə3/3
tarix22.12.2023
ölçüsü10,76 Kb.
#154280
1   2   3
141-23-guruh talabasi Buriyev Shodiyorning dinshunoslik fanidan tayyorlagan slaydi

Noan`anaviy dinlar dunyo hamjamiyatini tashvishga solmoqda
Insonlarning diniy psixologiyasi o`zgarmoqda
Shu tariqa, dunyo miqyosida ijtimoiy tabaqalanishning kuchayishi, bozorning shafqatsiz raqobati, iqtisodiy inqiroz tufayli ommaning diniy psixologiyasini o`zgartirmoqda. Aynan, mazkur holat, missionerlikdan o`z manfaatlari yo`lida foydalanishga zamin yaratmoqda. Ayniqsa, muayyan mintaqa va hududda vujudga kelayotgan yangi diniy harakat (YaDH)larning missionerlik faoliyati uch bosqichda amalga oshirilmoqda. Ya`ni: “missionerlik hudud”ini o`rnatish, uni xorijiy sarmoyalar asosida moliyalashtirish orqali diniy jamoalar sonini oshirishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Natijada, missionerlikning faol targ`ibot va tashviqoti orqali oldin mavjud bo`lmagan yuzlab xristianlik konfessiyalari vujudga kelmoqda. Ayniqsa, missionerlikning kuchayishi jahon miqyosida global ijtimoiy – iqtisodiy inqiroz davrida davlatlarni bir tuzumdan ikkinchisiga o`tishi sharoitida avj olmoqda.
Missionerlikka xalqaro miqyosda homiylik qilayotganlar bor
Dunyo miqyosida missionerlikning keng ko`lamdagi faoliyati missionerlik tashkilotlarini kengaytirmoqda. Mazkur harakatga xalqaro miqyosda homiylik qilayotgan siyosiy markazlar, moliyaviy doiralar, alohida shaxslarning doimiy e`tiborda ekanligi missionerlikka nisbatan jiddiy e`tibor qaratishni taqozo etadi. Ayniqsa, “ayrim” siyosiy markazlar ko`magi ostida “beg`araz” moliyaviy yordam ko`rsatish va turli xayriya jamg`armalari niqobi ostida ko`llab quvvatlash masalani bu borada jiddiy ekanligini taqoza etadi.
Terrorizm – jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish, aholi keng qatlamlarida vahima va qoʻrquv uygʻotishga qaratilgan siyosiy kurashning oʻziga xos usulidir. U yashirin (konspirativ) ruhdagi tashkilotlar tomonidan beqarorlik keltirib chiqarish orqali hokimiyatni egallash maqsadida amalga oshiriladi. Terrorchi guruhlar jamiyatda aholining keng qatlami nomidan harakat qilayotgandek taassurot uygʻotish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar. 
Diniy ekstremizm – jamiyat uchun anʼanaviy boʻlgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid boʻlgan gʻoyalarni aldov va zoʻrlik bilan targʻib qilishga asoslangan nazariya va amaliyotni anglatadi.
Diniy ekstremizm yoki ashaddiy akidaparastlik turli koʻrinishlarda namoyon boʻlishi mumkin. Mas, Olsterdagi „ultra“ protestantlar, Yaqin va Oʻrta Sharqdagi „musulmon-birodarlar“, Markaziy Osiyo va Kavkazda paydo boʻlgan vahhobiylar (qarang Vahhobiylik) va boshqa. Ular jamiyatga va qonunlarga deyarli bir uslubda qarshi kurash olib boradilar.
.Bunday tashkilotlarning eng yiriklari qatoriga ,, Al-Qoida’’, ,,Al-Jihod al-islomiy’’, ,,Hizbut-tahrir’’, ,,Tolibon’’ “ISHID” “Vahobiylar” va boshqa terroristik tashkilotlarni misol qilib aytishimiz mumkin. Islomiy ekstremizm hozirgi davrda va u bilan bog’liq terrorizm dunyoning 15 dan ortiq mamlakatiga alohida tahdid solmoqda. Bu davlatlar qatoriga Sudan, Misr, Suriya, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Jazoir, Liviya, Senegal, Pokiston, Malayziya, Indoneziya, Falastin, Iroq va boshqa davlatlarda terrorizm eng ashaddiy ildiz otgan davlatlar sirasiga kiradi. Hozirgi kunda eng dahshatli qo’poruvchilik ishlari Suriya, Iroq va Afg’oniston davlatlari hududlarida sodir bo’lmoqda. Bizning yurtimiz O’zbekistonda ham 1999-yil 16-fevral (Toshkent), 2004-yilning mart-aprel va iyul, 2005-yilning may (Andijonda) oylarida sodir etilgan voqealar keng ko’llamli xalqaro terrorchilik tuzilmasining navbatdagi ,,vahshiyliklaridan” biri ekaniga hech qnday shubha qolmaydi.
Birinchi Prezidenttimiz xaqli ravishda, dinning O’zbekiston fuqarosini tarbiyalashdagi katta imkoniyatlariga ishonadi va “biz din bundan buyon ham aholini eng oily ruhiy ahloqiy ma’naviy qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan bahramand qilish tarafdorimiz”, deb ta’kidlaydi . “ Lekin biz- deb davom etadi I.A.Karimov, – hech qachon diniy da’vatlar hokimyat uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot va qonunshunoslikka aralashish uchun bayroq bo’lishiga yo’l qo’ymaymiz”.
Bugungi kunda ijtimoiy-ma’naviy muhitni va aholi turmush sharoitini yaxshilash, yoshlarni turli diniy ekstremistik oqimlar ta’siridan asrash masalasi barchamiz uchun eng asosiy masala bo‘lib turibdi. Degan edi yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev. Shunday ekan bugun barchamiz nafaqat o’zimizga balki atrofdagilarimizgada e’tiborli bo’lsak, talabchan bo’lsak xech qanday xatar bizga rahna sola olmaydi.
Yüklə 10,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə