Guruhiy trening jarayoni


Jim o‘tiradigan, indamas ishtirokchilarni guruh ishiga jalb qilish



Yüklə 265,06 Kb.
səhifə11/12
tarix14.05.2023
ölçüsü265,06 Kb.
#110181
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
4-mavzu Гурухий динамика

Jim o‘tiradigan, indamas ishtirokchilarni guruh ishiga jalb qilish.

  • Jim o‘tiradigan, indamas ishtirokchilarni guruh ishiga jalb qilish.
  • Boshlovchi ularga qiyin bo‘lmagan savollar bilan murojaat qilishi mumkin, ularni juftliklardagi mashqlarga ko‘proq jalb etishi, rolli o‘yinlarda ularga etakchi rollarni berishi, ularning tashabbuslarini qo‘llashi, guruhning hamma a’zolarining fikrini davra bo‘ylab so‘rashi kerak.
  • Qarshilik ko‘rsatish - o‘zini himoya qilish. Ba’zi ishtirokchilar juda ko‘p ichki muammolarga ega bo‘lishi mumkin, bunday holat guruh qoidalariga bo‘ysunmaslikda ko‘rinishi mumkin. Masalan, bahsga chaqiruv; ishonchsizligini ochiq namoyon qilish; boshlovchini nizolarga undash (bunda ishtirokchi boshlovchi o‘zini boshqalarday tutadimi yoki yo‘qmi ekanligini tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ladi); agar boshlovchi bunday "buzg‘unchi" ishtirokchilarning qiliqlariga e’tibor bermasa, ular hech narsa gapirmay jim o‘tirish reaksiyasi orqali javob berishlari mumkin. Ishtirokchining qarshiligi u konstruktiv ravishda namoyon eta olmaydigan ichki zo‘riqishi bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin.
  • Boshlovchi nima qilishi kerak? Ishtirokchi bilan alohida gaplashib olishi; agar guruhda bitta shunday ishtirokchi bo‘lsa, uning ichidagi gaplarni ayta olishi uchun imkoniyat yaratishi; uni nima qiynayotgani, g‘azablantirayotgani hakida gaplashish, faol ishlash uslublaridan foydalanish ya’ni zo‘riqish, agressiyani susaytiruvchi o‘yinlarni qo‘llash kerak.
  • Bahslarda ko‘pchilik ishtirokchilar har doim ham o‘z fikrlarini muloyim bayon eta olmaydilar va nizolarni hal etish yo‘l-yo‘riqlarini bilmaydilar. Boshlovchi nima qilishi kerak? Bahsni munozaraga aylantirish, ishtirokchi qo‘pol ravishda bayon etgan fikrni qaytadan to‘g‘rilab aytish, ishtirokchilar o‘z fikrlarini ochiq bayon etishlarini so‘rash va shundan so‘ng boshqalardan biron tomonning fikriga qo‘shilishlarini so‘rash yoki shaxsiy fikrlarini aytishga undash kerak.

Guruh a’zolari o‘rtasida, kichik guruhlar orasida yoki boshlovchi va ishtirokchi munosabatlarida nizoning paydo bo‘lishi.

1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə