Guruhiy trening jarayoni


Guruhdagi muammoli holatni hal qilish



Yüklə 265,06 Kb.
səhifə9/12
tarix14.05.2023
ölçüsü265,06 Kb.
#110181
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
4-mavzu Гурухий динамика

Guruhdagi muammoli holatni hal qilish.

  • Guruhdagi muammoli holatni hal qilish.
  • Ba’zida kichik guruhlarda berilayotgan topshiriqlarni hamma ishtirokchilar ham bir xilda bajarishni istayvermaydilar. Trener kichik guruhlarda ba’zi ishtirokchilar tomonidan yuzaga keltirilishi mumkin bo‘lgan quyidagi ko‘rinishdagi muammolarni hal qilishga tayyor turishi kerak:
  • - ishtirokchi suhbatga aralashaverib, qolganlarning jig‘iga tegishi mumkin;
  • - ishtirokchi o‘zini ko‘rsatish uchun boshqalarni tanqid qilishi, noo‘rin kamsitishi mumkin;
  • - ishtirokchi birovlarga nima qilishi kerakligini aytib, aql o‘rgatishga harakat qilishi mumkin;
  • - ishtirokchi gapirayotgan ishtirokchining gapini bo‘lishga harakat qilishi mumkin;
  • - ishtirokchi guruh ishida qatnashishdan bosh tortishi mumkin;
  • - ishtirokchi topshiriqda tegishli bo‘lmagan narsalar haqida gapirib vaqt o‘tkazishga harakat qilishi mumkin.

Guruxda bunday muammolarni hal etish uchun quyidagicha yo‘l tutish mumkin:

  • Guruxda bunday muammolarni hal etish uchun quyidagicha yo‘l tutish mumkin:
  • Agar guruh ishida og‘ishlar ro‘y bersa, guruhga muloyimlik bilan vaqt behuda ketayotganligini va berilgan topshiriqni bajarish yoki muammoni muhokama qilish lozimligini eslatish lozim.
  • Muammo tug‘dirayotgan ishtirokchi bilan alohida gaplashish kerak. Guruh qabul qilgan qoidalarga to‘xtalib, keyin bir kishining xulq-atvori qolganlarga ham salbiy ta’sir qilishini tushuntirish lozim va undan keyingi mashg‘ulotlarda guruh bilan hamkorlikda ishlashini so‘rash kerak.
  • Boshqalarning so‘zini bo‘layotgan ishtirokchiga shunday ogohlantirish berish mumkin: "Meni kechirasiz-u lekin sizga shuni eslatib qo‘ymoqchiman — guruhning har bir a’zosi gapirish huquqiga ega va uning so‘zini bo‘lish kerakmas".
  • Agar biror ishtirokchining xulq-atvori va xatti-harakati ishlashga halaqit berayotgan bo‘lsa, uni guruhning o‘zida ochiqchasiga muhokama qilish kerak. Qilingan harakat yoki aytilgan gapni tanqid qilinadi, uning salbiy tomonini va guruh ishiga halaqit berganligini ko‘rsatib beriladi, lekin hech qachon shu ishni qilgan yoki gapirgan ishtirokchining o‘zini tanqid qilinmaydi.
  • Mashg‘ulot so‘ngida guruhning o‘zlashtirish darajasini muhokama qilish va bunda kimningdir hissiyotlariga tegib ketmaslikka harakat qilish lozim.

Yüklə 265,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə