Gurux talabasi ning “Falsafa” fanidan oraliq nazorat ishi Toshkent-2022 y



Yüklə 44,5 Kb.
tarix22.04.2023
ölçüsü44,5 Kb.
#106648

O‘zbekiston Respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Nizomiy nomidagi
Toshkent davlat pedagogika universiteti


Sirtqi bo‘lim *****yo`nalishi
**** -gurux talabasi *******************ning
Falsafa” fanidan oraliq nazorat ishi


Toshkent-2022 y.

Falsafa” fanidan maxsus sirtqi bo‘lim talabalari uchun


sessiya oralig‘i nazorat ishlari to‘plami. T., Nizomiy nomidagi TDPU – 2022 yil.

Ushbu sessiya oralig‘i vazifalari universitetning maxsus sirtqi bo‘lim


1-bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan.
Tuzuvchilar: kat.o‘qit. M.Mamadjonova
Taqrizchi: f.f.n. dos E.X.Rasulev
Ushbu sessiya oralig‘i nazorat ishlari to‘plami Universitet Ilmiy Kengashining 2022 yil № _ sonli yig‘ilishida tasdiqlangan.
Sirtqi bo‘lim talabalari uchun “Falsafa” fanidan sessiya oralig‘i nazorat ishi topshiriqlari
Fan: Falsafa


Mavzular:


1. Falsafaning predmeti. Uning asosiy sohalari haqida umumiy ma`lumot (Ontologiya, antropologiya, metodologiya, aksiologiya).
2. Ong. Ijtimoiy ong. Gnoseologiya.
3. Falsafaning qonun va kategoriyalari.
4. Jamiyat falsafasi.
5 Etikaning predmeti uning asosiy tushunchalari.
6. Estetikaning predmeti uning asosiy tushunchalari.
7. Mantiq fanining predmeti, asosiy mantiqiy shakllar va mantiqiy qonunlar uning asosiy tushunchalari.
Nazorat ishi topshiriqlarining asosiy maqsadi:
Maxsus sirtqi bo‘limlarida Falsafa faniga 12 soat, (ma’ruza-6 soat, seminar-6 soat) ajratilgan. Mazkur fanni hozirgi kun talab darajasida o‘qitish, talabalarning ilmiy-falsafiy dunyoqarashini shakllantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Maxsus sirtqi bo‘lim talabalarining falsafa fani bo‘yicha bilimlari kunduzgi bo‘lim talabalarining reyting ballariga tenglashtirilgan.
Maxsus sirtqi bo‘limlarida ta’lim olayotgan talabalar bo‘lajak sessiyaga tayyorgarlik ko‘rar ekan, ular avvalambor adabiyotlar bilan mustaqil ishlash, birinchi manbalar, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarni yakka tartibda mustaqil o‘qish ya’ni o‘z ustida tinimsiz qat’iyatlilik bilan ishlashi lozim.
Maxsus sirtqi bo‘lim talabalari semestr boshida «Falsafa» fani bo‘yicha sessiya oralig‘i mobaynida topshirishlari zarur bo‘lgan 2 ta topshiriq oladilar va tavsiya etilgan adabiyotlar asosida mustaqil ravishda yozma tayyorgarlik ko‘rib boradilar. Variant asosida tuzilgan har bir topshiriqqa to‘g‘ri va to‘liq javob yozilishi, hamda javoblarda mantiqiy yaxlitlikka erishilmog‘i lozim.


Nazariy ma’lumotlar.
Ushbu qo‘llanmada talabalarga beriladigan topshiriqlar bir-birini takrorlamaydigan holatda alohida variantlarda tuzilgan bo‘lib, mustaqil ishlash uchun mavzu, reja va ularni yoritish uchun zarur bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati, test savollari, ma’lum mavzu yuzasidan tayanch iboralar, keyslar, sinkveyn, svot tahlil, Venn diagramma nilufar guli , FSMU, insert kaba pedlagogik texnologiyalardan foydalangan xolda ma’lum mavzu yuzasidan talabaga mustaqil ravishda topshiriqlar, testlar tuzishga oid savollar berilgan.
“Falsafa” fani bo‘yicha ishlab chiqilgan ushbu sessiya oralig‘i vazifalari sirtdan o‘qiyotgan talabalarning yangicha falsafiy dunyoqarash hamda tafakkur tarzini shakllantirish, ijodiy, mustaqil, erkin fikrlash ko‘nikmalarini hosil etishda uslubiy qo‘llanma vazifasini bajaradi degan umiddamiz.
“Falsafa” fani bo‘yicha sessiya oralig‘i nazorat ishi topshiriqlari taqdim etiladi. Talabalarning “Falsafa” fanidan olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash va sinash, ularni kelgusi o‘qituvchilik faoliyatida kerak bo‘lgan asosiy rejalashtiruvchi (o‘quv – me’yoriy) hujjatlar mazmuni bilan tanishtirish, ularni ishlab chiqish bo‘yicha bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish mazkur tayyorlangan sessiya oralig‘i nazorat ishi topshiriqlari to‘plamida o‘z aksini topgan.
Talabalar “Falsafa” fanidan sessiya oralig‘i nazorat ishi topshiriqlarini bajarish jarayonida quyidagi topshiriqlar bilan, adabiyotlar bilan tanishib, ularni o‘rganib chiqishadi, ayrimlarini o‘zlari mustaqil bajarishni o‘rganishadi.
18 -VARIANT


1 - topshiriq. Quyidagi jadvalni to‘ldiring
Quyidagi jadvalni to‘ldiring. Borliq va uning turlari

Borliq turlari

Izoh

Moddiy borliq




Ma’naviy borliq




Inson borlig‘i




Ijtimoiy borliq






2- topshiriq. Quyidagi mavzu asosida o‘z bilimingizni namoyon eting: Maishiy turmush estetikasi


Yüklə 44,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə