Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Sud chiqimlarini to‘lash uchun mablag‘larni kiritish tartibi



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə101/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   121
Fuqarolik Javob 74

135-modda. Sud chiqimlarini to‘lash uchun mablag‘larni kiritish tartibi
Guvohlar, ekspertlar va mutaxassislarga, tarjimonlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar yoki joyida ko‘zdan kechirishni o‘tkazishga doir xarajatlar uchun zarur bo‘lgan summalar tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilgan taraf tomonidan sudning depozit hisobvarag‘iga oldindan kiritiladi. Agar bu iltimosnoma ikkala taraf tomonidan berilgan bo‘lsa yoki guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni, tarjimonlarni chaqirish, joyida ko‘zdan kechirish sudning tashabbusi bilan amalga oshirilsa, talab qilinadigan summani taraflar teng miqdorda kiritadi. Agar ekspertiza sudning tashabbusi bilan tayinlansa, to‘lanishi lozim bo‘lgan summa ekspertga sud tomonidan depozit hisobvarag‘idan to‘lanishi mumkin. Bu summa ishda ishtirok etuvchi shaxslardan sud hujjati chiqarilayotganda sudning depozit hisobvarag‘iga o‘tkazilgan holda ushbu Kodeksga muvofiq undiriladi.


  1. Sud hujjatlarini ijroga qaratish va Ijro varaqasining mazmuni.

446-modda. Sud hujjatlarini ijroga qaratish
Sud hujjatlari ular qonuniy kuchga kirgandan keyin ijroga qaratiladi, bundan uning qonunchilikda belgilangan tartibda darhol ijro etilishi hollari mustasno.
Sud hujjatining majburiy ijrosi, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi.


  1. Sud hujjatlarining ijrosini ta’minlash

269-modda. Hal qiluv qarorining ijrosini ta’minlash
Sud darhol ijro etishga qaratilmagan hal qiluv qarorining ijrosini ushbu Kodeksning V bo‘limida belgilangan qoidalar bo‘yicha ta’minlashi mumkin.


  1. Sud hujjatlarining ko‘chirma nusxalarini taraflarga va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborish.

270-modda. Sud hujjatlarining ko‘chirma nusxalarini taraflarga va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborish
Sud hujjatining ko‘chirma nusxasi u chiqarilgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay taraflarga va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa u elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
Sud ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud hujjatining ko‘chirma nusxasini boshqa shaxslarga ham yuboradi.


  1. Sud jarimalarini solish tartibi


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə