Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Alimentlarni hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar undirish



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə2/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
Fuqarolik Javob 74

187-modda. Alimentlarni hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar undirish
Alimentlar undirish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish vaqtida sud zarur bo‘lgan taqdirda, ishni mazmunan hal qilguniga qadar taraflarning moddiy ahvolini hisobga olib, er (xotin) o‘z xotinini (erini) boqishga qancha miqdorda vaqtincha mablag‘ berib turishi kerakligi, bolalarni boqish va tarbiyalashga er-xotindan qaysi biri va qancha miqdorda vaqtincha mablag‘ berib turishi kerakligi, shuningdek bolalardan qaysi biri ota-onalarini boqishga qancha miqdorda vaqtincha mablag‘ berib turishi kerakligi to‘g‘risida ajrim chiqarishga haqli.Sudning ajrimi darhol ijro etiladi.


  1. Alohida tartibda ish yuritish. Alohida yuritiladigan ishlarni ko‘rib chiqish tartibi.

293-modda. Sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida ko‘rib chiqiladigan ishlar
Sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida ko‘rib chiqiladigan ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi:1) yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi;2) bolani farzandlikka olish (bundan buyon matnda farzandlikka olish deb yuritiladi) haqidagi;3) fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish va fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi;4) fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi;5) shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi;6) shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi;7) voyaga yetmagan shaxsni to‘liq muomalaga layoqatli deb e’lon qilish (emansipatsiya) to‘g‘risidagi;8) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish haqidagi;9) taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yo‘qolgan taqdirda, ular bo‘yicha huquqlarni tiklash (chaqirib ish yuritish) to‘g‘risidagi;10) yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi.

Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə