Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Apellatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə8/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   121
Fuqarolik Javob 74

386-modda. Apellatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni
Apellatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak: 1) shikoyat (protest) yo‘llanayotgan sudning nomi; 2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan eri (pochta manzili); 3) ishning raqami, shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarori, ajrim, qaror qabul qilingan sana va ushbu sud hujjatlarini chiqargan sud; 4) hal qiluv qarorining, ajrimning, qarorning noto‘g‘riligi nimadan iborat ekanligi; 5) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosi; 6) shikoyatga (protestga) ilova qilingan yozma materiallarning ro‘yxati. Apellatsiya shikoyatini shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili imzolaydi. Apellatsiya protestini prokuror yoki uning o‘rinbosari keltiradi va imzolaydi. Apellatsiya shikoyatida (protestida) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning yoxud uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili ko‘rsatilishi mumkin.


  1. Appelyatsiya instansiya sudida birgalikda ishtirok etish tartibi

45-modda. Protsessda birgalikda ishtirok etish
Da’vo bir nechta da’vogar tomonidan birgalikda yoki bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilishi (protsessda birgalikda ishtirok etish) mumkin. Protsessda birgalikda ishtirok etishga alohida tartibda yuritiladigan ishlar bo‘yicha ham yo‘l qo‘yiladi.Protsessda birgalikda ishtirok etishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi, agar: nizo predmeti bir nechta da’vogarning yoki javobgarning umumiy huquqlari yoki majburiyatlari bo‘lsa; bir nechta da’vogarning yoki javobgarning huquq va majburiyatlari bitta asosga ega bo‘lsa; nizo predmeti bir turdagi huquq va majburiyatlardan iborat bo‘lsa.Da’vogarlar va javobgarlardan har biri boshqa tarafga nisbatan protsessda mustaqil ravishda ishtirok etadi. Uchinchi shaxslar ham protsessda birgalikda ishtirok etishlari mumkin.Protsessda birgalikda ishtirok etuvchilar ishni olib borishni sherik ishtirokchilardan biriga topshirishi mumkin.Sud nizolashilayotgan huquqiy munosabatning xususiyatini inobatga olgan holda ishga jalb etilmagan sherik javobgarni ishda ishtirok etish uchun o‘z tashabbusiga yoki taraflarning iltimosnomasiga ko‘ra jalb qilishga haqli.Boshqa sherik javobgar ishda ishtirok etish uchun jalb qilinganda ishni ko‘rish boshidan boshlanadi.


  1. Appelyatsiya instansiya sudida Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilayotgan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning protsessual huquq va majburiyatlari


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə