Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilayotgan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning protsessual huquq va majburiyatlari



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə9/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   121
Fuqarolik Javob 74

53-modda. Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilayotgan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning protsessual huquq va majburiyatlari
Ushbu Kodeksning 52-moddasida ko‘rsatilgan sud protsessi ishtirokchilari mazkur Kodeksning 40-moddasida nazarda tutilgan protsessual huquqlardan foydalanadi, shuningdek boshqa shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun arz qilingan talablarni to‘liq yoki qisman qo‘llab-quvvatlash, ulardan voz kechish, o‘zlari arz qilgan talablar bo‘yicha tushuntirishlar berish huquqiga ega. Mazkur organlar, tashkilotlar va fuqarolarning boshqa shaxsning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudga bergan arizasidan voz kechishi ushbu shaxsni ishni mazmunan ko‘rib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi.Davlat organi, tashkilot va boshqa shaxs tomonidan da’vogarning huquqlarini himoya qilish uchun taqdim etilgan da’vo arizasidan (arizadan) da’vogarning (arizachining) voz kechishi, agar bu uchinchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qilmasa, da’vo arizasini (arizani) ko‘rmasdan qoldirishga olib keladi.


  1. Appelyatsiya instansiya sudida ekspertlarning xulosasi talab qilinadigan masalalar doirasini belgilash

97-modda. Ekspertlarning xulosasi talab qilinadigan masalalar doirasini belgilash
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ekspertlar tomonidan tushuntirilishi kerak bo‘lgan masalalarni sudga taqdim etishga haqli.
Ekspertlarning xulosasi talab qilinadigan masalalar doirasini sud belgilaydi. Taklif qilingan masalalarning rad qilinishini sud asoslab berishi shart.

  1. Appelyatsiya instansiya sudida guvohni chaqirish to‘g‘risidagi iltimosnoma kiritish tartibi

82-modda. Guvohni chaqirish to‘g‘risidagi iltimosnoma
Guvohni chaqirish to‘g‘risida iltimosnoma taqdim etuvchi shaxs guvohning ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan qanday holatlarni tasdiqlay olishi mumkinligini ko‘rsatishi va sudga uning familiyasi, ismi, otasining ismini, yashash joyini yoki ish, o‘qish joyini ma’lum qilishi shart.


  1. Appelyatsiya instansiya sudida isbotlashdan ozod qilish asoslari


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə