Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Isbotlashdan ozod qilish asoslari



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə10/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   121
Fuqarolik Javob 74

75-modda. Isbotlashdan ozod qilish asoslari
Sud hammaga ma’lum deb topgan holatlar isbotlashga muhtoj emas.Bir fuqarolik ishi bo‘yicha sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan faktlar xuddi shu shaxslar ishtirok etayotgan boshqa fuqarolik ishlari muhokamasida yangidan isbot qilinmaydi.Iqtisodiy yoki ma’muriy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boshqa ishni ko‘rayotgan sud uchun iqtisodiy yoki ma’muriy sudning hal qiluv qarori bilan aniqlangan va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga taalluqli bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi masalalar bo‘yicha majburiydir.Jinoyat ishi bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan sud hukmi sud tomonidan hukm etilgan shaxs harakatlarining fuqarolik-huquqiy oqibatlari to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqayotgan sud uchun faqat shu harakatlar sodir etilganligi yoki sodir etilmaganligi va ular mazkur shaxs tomonidan sodir etilganligi yoki etilmaganligi masalalari yuzasidan majburiydir.Notarial harakat amalga oshirilganda notarius tomonidan tasdiqlangan holatlar, agar notarial tartibda rasmiylashtirilgan hujjatning haqiqiyligi ushbu Kodeksning 235 va 236-moddalarida belgilangan tartibda rad etilmagan yoki notarial harakatni amalga oshirish tartibi jiddiy tarzda buzilganligi aniqlanmagan bo‘lsa, isbotlashni talab etmaydi.


  1. Appelyatsiya instansiya sudida Sud topshirig‘ini bajarish tartibi

104-modda. Sud topshirig‘ini bajarish tartibi
Sud topshirig‘ini bajarish ushbu Kodeksda belgilangan qoidalarga ko‘ra sud majlisida amalga oshiriladi. Ishda ishtirok etayotgan shaxslar majlisning vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi, biroq ularning kelmaganligi topshiriqni bajarishga to‘sqinlik qilmaydi.
Sud topshirig‘i tartibida taraflarning va uchinchi shaxslarning yoxud ular qonuniy vakillarining tushuntirishlari, guvohlarning ko‘rsatuvlari, yozma va ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish hamda tekshirish orqali aniqlanadigan faktik ma’lumotlar to‘planishi mumkin.Bayonnomalar va sud topshirig‘ini bajarishda to‘plangan materiallar ishni ko‘rib chiqayotgan sudga darhol yuboriladi.Agar sud topshirig‘ini bajarayotgan sudga tushuntirishlar yoki ko‘rsatuvlar bergan ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki guvohlar ishni ko‘rib chiqayotgan sudga kelsa, ular umumiy tartibda tushuntirishlar yoxud ko‘rsatuvlar beradi.


  1. Appelyatsiya instansiya sudida Sudyani rad qilish asoslari


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə