Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Apellatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rish tartibi



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə6/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
Fuqarolik Javob 74

397-modda. Apellatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rish tartibi
Apellatsiya instansiyasi sudida sud muhokamasi mazkur moddada belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda, ushbu Kodeksning 22-bobida belgilangan qoidalar bo‘yicha o‘tkaziladi.
Apellatsiya instansiyasi sudining majlisida raislik qiluvchi ushbu Kodeksning 211 va 212-moddalariga amal qilgan holda, sud majlisida tegishli tartibni ta’minlashga doir zarur choralarni ko‘radi.Raislik qiluvchi sud majlisini ochadi va kimning shikoyati (protesti) bo‘yicha hamda qaysi sudning hal qiluv qarori ustidan qanday ish ko‘rilishini e’lon qiladi. Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qaysi biri kelmaganligini, kelmaganlik sabablari to‘g‘risida qanday ma’lumotlar borligini aniqlaydi, sudga kelganlarning shaxsini aniqlaydi, shuningdek mansabdor shaxslarning va vakillarning vakolatlarini tekshiradi.Raislik qiluvchi sud tarkibini e’lon qiladi, sud majlisining kotibi, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon sifatida kimlar ishtirok etayotganligini e’lon qiladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning rad qilishga doir huquqlarini tushuntiradi. Arz qilingan rad qilishlar ushbu Kodeksning 4-bobida belgilangan tartibda hal etiladi. Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi.Ishni ko‘rish vaqti va joyi haqida belgilangan tartibda xabardor qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning biror-biri sud majlisiga kelmagan taqdirda, sud ishning muhokamasini keyinga qoldiradi. Ishni ko‘rish vaqti va joyi haqida belgilangan tartibda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning sud majlisiga kelmaganligi ishning muhokamasiga to‘sqinlik qilmaydi. Biroq sud bunday hollarda ham sudga kelmaganlik sabablarini uzrli deb topib, ishning muhokamasini keyinga qoldirishga haqli.

  1. Apellatsiya instansiyasi sudining vakolatlari. Sud hujjatini bekor qilish yoki o‘zgartirish asoslari.


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə