Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi masalani hal etish



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə14/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   121
Fuqarolik Javob 74

192-modda. Arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi masalani hal etish
Sudya arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish yoxud sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazish haqidagi masalani ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yakka tartibda hal etadi. Arizani ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish yoxud arizani sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish yoki qaytarish, shuningdek arizani taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga arizachiga ajrim chiqarilgandan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi.Iqtisodiy yoki ma’muriy suddan ariza yoki ish materiallari sudga taalluqliligiga ko‘ra kelib tushganda sudya ariza ushbu Kodeksning 189, 190 va 191-moddalarida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq emasligini aniqlagach, ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay da’vogarni (arizachini) kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi to‘g‘risida xabardor qiladi va unga buning uchun o‘n kundan oshmaydigan muddat beradi.


  1. Arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish

193-modda. Arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish
Sudya ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda berilgan arizani ish yuritishga qabul qilishi va ish qo‘zg‘atishi shart.Sudya ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan arizani, agar arizaga tegishli iltimosnomalar ilova qilingan, bunday iltimosnomalarni hal qilish qonun bilan sudyaning vakolatlariga berilgan hamda bu iltimosnomalar qanoatlantirilgan bo‘lsa, ish yuritishga qabul qilishga va ish qo‘zg‘atishga haqli.
Sudyaning ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqidagi xulosasi arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda asoslantirilgan bo‘lishi kerak.


  1. Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə