Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Da’voni ta’minlash choralari



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə22/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   121
Fuqarolik Javob 74

106-modda. Da’voni ta’minlash choralari
Quyidagilar da’voni ta’minlash choralari bo‘lishi mumkin:1) javobgarga tegishli bo‘lgan va uning o‘zida yoki boshqa shaxsda turgan mol-mulkni yoxud pul mablag‘larini xatlash;2) javobgar muayyan harakatlarni amalga oshirishini taqiqlash;3) boshqa shaxslarning javobgarga mol-mulk berishini yoki unga nisbatan boshqa majburiyatlarni bajarishini taqiqlash;4) mol-mulkni xatlashdan chiqarish to‘g‘risida da’vo arz qilingan taqdirda, uni realizatsiya qilishni to‘xtatish;5) qarzdor ijro hujjati yuzasidan sud tartibida nizolashayotgan bo‘lsa va agar bunday nizolashishga qonunchilikda yo‘l qo‘yilsa, bu hujjat bo‘yicha undiruvni to‘xtatish;6) nizoli mol-mulk buzilishi, holati yomonlashishining oldini olish maqsadida javobgarga muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklatish;Da’voni ta’minlash choralari da’vogar arz qilgan talabga mutanosib bo‘lishi kerak.Zarur hollarda, sud da’voni ta’minlash chorasining bir nechta turini qo‘llashi mumkin, lekin ularning umumiy summasi da’voning bahosidan oshib ketmasligi kerak.


  1. Birinchi instansiya sudida dalillarga baho berish

80-modda. Dalillarga baho berish
Sud dalillarga ishning hamma holatlarini jamlab, ularni sud majlisida qonunga amal qilgan holda, har taraflama, to‘liq va xolis ko‘rib chiqishga asoslangan o‘z ichki ishonchi bo‘yicha baho beradi.
Har bir dalil aloqadorlik, maqbullik va ishonchlilik nuqtai nazaridan, dalillarning majmui esa yetarlilik nuqtai nazaridan baholanishi lozim.Agar tekshirish natijasida dalilning haqiqatga to‘g‘ri kelishi aniqlansa, u ishonchli deb topiladi.Hech bir dalil sud uchun oldindan belgilab qo‘yilgan kuchga ega emas.Dalillarga baho berish natijalarini sud hal qiluv qarorida aks ettirishi shart bo‘lib, unda ayrim dalillar sudning xulosalarini asoslash vositasi sifatida qabul qilinganligi, boshqa dalillar sud tomonidan rad etilganligi sabablari, shuningdek ayrim dalillarning boshqa dalillarga nisbatan afzalligi asoslari keltiriladi.Hujjatlarga yoki boshqa yozma dalillarga baho berishda sud boshqa dalillarni inobatga olgan holda, bunday hujjat yoki yozma dalil shu turdagi dalillarni taqdim etishga vakolatli bo‘lgan organ tomonidan berilganligiga, hujjatni imzolab tasdiqlash huquqiga ega shaxs tomonidan imzolanganligiga, mazkur turdagi dalilning boshqa barcha ajralmas rekvizitlar mavjudligiga ishonch hosil qilishi shart.

  1. Birinchi instansiya sudida Ekspertiza tayinlash tartibi


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə