Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Guvohlarning ko‘rsatuvlarini o‘qib eshittirish



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə25/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   121
Fuqarolik Javob 74

232-modda. Guvohlarning ko‘rsatuvlarini o‘qib eshittirish
Sud tomonidan ushbu Kodeksning 76, 83, 103 va 104-moddalarida nazarda tutilgan tartibda guvohlardan olingan ko‘rsatuvlar sud majlisida o‘qib eshittiriladi.
233-modda. Yozma dalillarni tekshirish
Yozma dalillar yoki ushbu Kodeksning 76, 83, 103 va 104-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tuzilgan ularni ko‘zdan kechirish bayonnomalari sud majlisida o‘qib eshittiriladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, zarur hollarda esa, ekspertlar, mutaxassislar hamda guvohlarga tanishish uchun taqdim etiladi. Shundan so‘ng ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu dalillar yuzasidan tushuntirishlar berishi mumkin.
237-modda. Ashyoviy dalillarni tekshirish
Ashyoviy dalillar sud tomonidan ko‘zdan kechiriladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, zarur hollarda esa ekspertlar, mutaxassislar va guvohlarga ham taqdim etiladi.O‘ziga ashyoviy dalillar taqdim etilgan shaxslar ko‘zdan kechirish bilan bog‘liq bo‘lgan u yoki bu holatlarga sudning e’tiborini qaratishi mumkin. Bunday arzlar sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi.Ushbu Kodeksning 76, 93, 103, 104 va 239-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tuzilgan ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish bayonnomalari sud majlisida o‘qib eshittiriladi, shundan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘z tushuntirishlarini berishi mumkin.


  1. Birinchi instansiya sudida Ishni bir suddan boshqa sudga o‘tkazish tartibi

32-modda. Ishni bir suddan boshqa sudga o‘tkazish tartibi
Ishni bir suddan boshqa sudga o‘tkazish sudning ajrimiga asosan, bu ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) muddati o‘tganidan keyin, shikoyat (protest) berilgan taqdirda esa shikoyatni (protestni) qanoatlantirmay qoldirish haqida ajrim chiqarilganidan keyin amalga oshiriladi.
Bir suddan boshqa sudga yuborilgan ish u yuborilgan sud tomonidan ko‘rish uchun qabul qilinishi kerak.Sudlovga tegishlilik yuzasidan nizolashishga yo‘l qo‘yilmaydi.


  1. Birinchi instansiya sudida nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə