Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Birinchi instansiya sudining apellatsiya shikoyatini (protestini) olganidan keyingi harakatlari



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə28/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   121
Fuqarolik Javob 74

389-modda. Birinchi instansiya sudining apellatsiya shikoyatini (protestini) olganidan keyingi harakatlari
Sudya yoki sud raisi apellatsiya shikoyatini (protestini) olgandan keyin:1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga shikoyatning (protestning) ko‘chirma nusxasini yuborishi;2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarni apellatsiya instansiyasi sudida ishni ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilishi;
3) hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) uchun belgilangan muddat o‘tgan vaqtdan e’tiboran o‘n kun ichida ishni kelib tushgan shikoyat (protest) bilan birga apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart.Hal qiluv qarori, ajrim, qaror ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) uchun belgilangan muddat ichida hech kim ishni suddan talab qilib olishi mumkin emas. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudda ish materiallari va kelib tushgan shikoyat (protest) bilan tanishishga haqli.Shikoyat qilish (protest keltirish) uchun o‘tkazib yuborilgan muddat tiklangan taqdirda birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining ijrosini to‘xtatishga haqli bo‘lib, bu haqda ajrim chiqariladi.Hal qiluv qarorining ijrosi apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan shikoyatni (protestni) ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim qabul qilinguniga qadar bo‘lgan muddatga to‘xtatiladi.


  1. Birinchi instansiya sudining hujjatlari, ularning mazmuni

253-modda. Hal qiluv qarorining mazmuni
Sudning hal qiluv qarori kirish, bayon, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi.
Hal qiluv qarorining kirish qismida ish raqami, hal qiluv qarori qabul qilingan vaqt va joy, hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi, sud majlisining kotibi, taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar ko‘rsatiladi.Hal qiluv qarorining bayon qismi o‘zida da’vogarning talabi, javobgarning e’tirozlari va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning tushuntirishlarini aks ettirishi kerak.Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida ishning sud tomonidan aniqlangan holatlari, sudning ish holatlari to‘g‘risidagi xulosalari asoslangan dalillar, sudning u yoki bu dalillarni rad qilganligi haqidagi xulosalari, sud amal qilgan moddiy va protsessual huquq normalari ko‘rsatilishi kerak. Arz qilingan talab javobgar tomonidan tan olingan taqdirda, asoslantiruvchi qismda faqat arz qilingan talabning tan olinganligi va uning sud tomonidan qabul qilinganligi ko‘rsatilishi mumkin.Hal qiluv qarorining xulosa qismida sudning arz qilingan talablardan har birini to‘liq yoki qisman qanoatlantirish to‘g‘risidagi yoxud qanoatlantirishni rad etish haqidagi xulosasi bo‘lishi, sud xarajatlarini taqsimlash, hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish muddati va tartibi ko‘rsatilishi kerak.

Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə