Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Yozma dalillarni taqdim etish majburiyati



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə30/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   121
Fuqarolik Javob 74

86-modda. Yozma dalillarni taqdim etish majburiyati
Ishda ishtirok etmayotgan fuqarolar va tashkilotlar sud talab qilayotgan yozma dalillarni taqdim etish imkoniga ega bo‘lmasa, bu haqda sudni xabardor qilib, sababini ko‘rsatishi shart.
Agar shaxs, sud undan talab qilayotgan yozma dalilni taqdim etish yoki sud tomonidan belgilangan muddatda taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, u sudning so‘rovini olgan kundan e’tiboran besh kunlik muddat ichida buning sabablarini ko‘rsatgan holda sudni xabardor qilishi shart.Sud xabardor qilinmagan taqdirda, shuningdek yozma dalilni taqdim etish uzrli sabablarsiz rad qilingan taqdirda, sud tashkilotlarning aybdor mansabdor shaxslariga, shuningdek fuqarolarga ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarima soladi.
Jarima solinishi tegishli mansabdor shaxslarni va fuqarolarni sud talab qilayotgan yozma dalilni taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi.


  1. Chet davlat sud topshiriqlari buyicha Da’voni ta’minlash asoslari

105-modda. Da’voni ta’minlash asoslari
Sud (sudya) da’voni ta’minlash choralarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasi yoki o‘z tashabbusi bo‘yicha ko‘rishi mumkin. Agar da’voni ta’minlash choralarini ko‘rmaslik sud hujjati ijrosini qiyinlashtirsa yoki uni bajarib bo‘lmaydigan qilib qo‘ysa, da’voni ta’minlashga yo‘l qo‘yiladi.Da’voni ta’minlashga sud protsessining har qanday bosqichida yo‘l qo‘yiladi.
Davlat foydasiga mulkiy undiruvlar bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqayotganda sud (sudya) da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishi shart.Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi arizada da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish asoslari va zaruriyati ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.Hakamlik sudida ko‘rib chiqilayotgan da’voni ta’minlash choralari hakamlik muhokamasi tarafining tanloviga ko‘ra, hakamlik sudi joylashgan erdagi yoxud javobgar turgan joydagi yoki yashaydigan joydagi yoinki javobgarning mol-mulki turgan joydagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan ko‘rilishi mumkin. Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi arizaga da’voning hakamlik sudiga taqdim etilganligini isbotlovchi dalillar ilova qilinadi.Hakamlik sudida ko‘rib chiqilayotgan da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi arizani fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan ko‘rib chiqish va da’voni ta’minlash haqida ajrim chiqarish ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.


  1. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi.


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə