Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə26/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   121
Fuqarolik Javob 74

49-modda. Nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar, agar ish bo‘yicha qabul qilinadigan hal qiluv qarori ularning taraflardan biriga nisbatan bo‘lgan huquqlariga yoki majburiyatlariga ta’sir etadigan bo‘lsa, sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar da’vogar yoki javobgar tarafida ishga kirishishi mumkin. Ular taraflarning, prokurorning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomasi bo‘yicha yoxud sudning tashabbusi bilan ham ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin.Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar taraflarning protsessual huquqlaridan foydalanadi va ularning protsessual majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi, bundan arz qilingan talablarning asosini yoki predmetini o‘zgartirish, miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish, ulardan voz kechish huquqi mustasno.Agar nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs o‘z harakatlari yoki harakatsizligi oqibatida da’vogarning huquqlari buzilganligi to‘g‘risida arz qilingan talablarni tan olgan taqdirda, sud majburiyatni bajarishni uchinchi shaxs zimmasiga yuklatish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilishga haqli. Xuddi shunday hollarda, da’vogar va mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs o‘rtasida kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzilishiga yo‘l qo‘yiladi.Agar nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs ishga sud muhokamasi boshlangandan so‘ng kirishgan bo‘lsa, ishni ko‘rish boshidan boshlanadi.


  1. Birinchi instansiya sudida vakilning vakolatlarini rasmiylashtirish tartiblari

68-modda. Vakilning vakolatlarini rasmiylashtirish
Vakilning vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnomada ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.Fuqarolar tomonidan beriladigan ishonchnomalar notariuslar yoki notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlanadi.Davlat boshqaruvi organlarining, mansabdor shaxslarning vakillari tegishli organ rahbarining yoki mansabdor shaxsning imzosi bilan beriladigan ishonchnoma bo‘yicha harakat qiladi.Tashkilot nomidan beriladigan ishonchnoma tashkilot rahbari tomonidan imzolanib, imzo tashkilotning muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanadi.
Tashkilotlarning rahbarlari sudga o‘z xizmat lavozimlarini yoki vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi.Advokatning vakolatlari qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.


  1. Birinchi instansiya sudida yozma dalillarning aslini taqdim etish


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə