Hakamlik sudlari to‘g‘risida



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə23/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   121
Fuqarolik Javob 74

95-modda. Ekspertiza
Ish muhokamasi chog‘ida kelib chiqqan, fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirish uchun sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga yoki o‘z tashabbusiga ko‘ra ekspertiza tayinlashi mumkin.Ekspertiza sudda o‘tkaziladi yoki tekshirishning xususiyati taqozo etsa yoxud tekshiriladigan buyumni sudga keltirishning imkoni bo‘lmasa yoki keltirish qiyin bo‘lsa, suddan tashqarida amalga oshiriladi.
Ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi sud ajrimida qanday masalalar bo‘yicha ekspertlarning xulosasi talab qilinayotganligi va ekspertiza o‘tkazish kimga topshirilayotganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Ekspertlar tayinlanayotganda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrini inobatga oladi.
Taraf ekspertizada ishtirok etishdan bosh tortgan, ekspertlarga tekshirish uchun zarur bo‘lgan materiallar hamda hujjatlarni taqdim etmaganda va boshqa hollarda, agar ish holatlariga ko‘ra va mazkur tarafning ishtirokisiz ekspertiza o‘tkazish imkoniyati bo‘lmasa, sud qaysi taraf ekspertizadan bosh tortayotganligidan, shuningdek bu taraf uchun ekspertiza qanday ahamiyatga ega ekanligiga qarab, aniqlanishi uchun ekspertiza tayinlangan faktni aniqlangan yoki rad etilgan deb topishi mumkin.


  1. Birinchi instansiya sudida ish yuritishda Dalillarni tekshirish tartibini belgilash, Guvohni so‘roq qilish tartibi va O‘n olti yoshga to‘lmagan guvohni so‘roq qilish tartibi.

228-modda. Dalillarni tekshirish tartibini belgilash
Sud taraflarning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning tushuntirishlarini eshitib, guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni so‘roq qilish hamda boshqa dalillarni tekshirish tartibini belgilaydi.
229-modda. Guvohni so‘roq qilish tartibi
Har bir guvoh alohida so‘roq qilinadi.So‘roq qilinmagan guvohlar ishni muhokama qilish vaqtida sud majlisi zalida bo‘lishi mumkin emas.Raislik qiluvchi guvohni so‘roq qilishdan oldin uning shaxsini, yoshini, mashg‘uloti turini, ushbu ishga aloqasini hamda taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarini aniqlaydi, shuningdek uni bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasiga muvofiq javobgar bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiradi. Shundan keyin raislik qiluvchi guvohga: “Ish yuzasidan o‘zimga ma’lum bo‘lgan barcha ma’lumotlarni sudga aytib berishga qasamyod qilaman. Faqat haqiqatni, barcha haqiqatni gapirib beraman, haqiqatdan o‘zga narsani gapirmayman” deb oshkora qasamyod qilishni taklif etadi.Guvohdan unga o‘z huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi tushuntirilganligi to‘g‘risida tilxat olinadi. Qasamyodning matni va tilxat sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yiladi.Raislik qiluvchi guvohga ish bo‘yicha shaxsan o‘zi bilgan barcha ma’lumotlarni sudga aytib berishni taklif qiladi. Shundan so‘ng guvohga savollar berilishi mumkin.Guvoh kimning arizasi bo‘yicha chaqirilgan bo‘lsa, shu shaxs va uning vakili birinchi bo‘lib, keyin esa ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar guvohga savollar beradi. Sudning tashabbusi bilan chaqirilgan guvohga savollarni birinchi bo‘lib da’vogar beradi.

Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə