Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Ashyoviy dalillarni talab qilib olish va taqdim etish tartibi



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə21/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   121
Fuqarolik Javob 74

91-modda. Ashyoviy dalillarni talab qilib olish va taqdim etish tartibi
Ishda ishtirok etuvchi yoki ishtirok etmayotgan shaxslardan dalil sifatida biror ashyoni talab qilib olish haqida sudga iltimosnoma taqdim etuvchi shaxs ushbu ashyoni ta’riflab berishi va bu ashyo mazkur shaxsda deb hisoblash uchun qanday asoslari borligini bayon etishi kerak.Sud tomonidan fuqarolar va tashkilotlardan talab qilinayotgan ashyoviy dalillar bevosita sudga yuboriladi.Sud ashyoviy dalilni talab qilib olish haqida iltimosnoma taqdim etgan shaxsga ushbu dalilni sudga taqdim etish uchun olish huquqiga doir so‘rov berishi mumkin.
92-modda. Ashyoviy dalillarni taqdim etish majburiyati
Ishda ishtirok etmayotgan fuqarolar va tashkilotlar talab qilinayotgan ashyoni taqdim etish yoki sud belgilagan muddatda taqdim etish imkoniga ega bo‘lmasa, bu haqda sabablarini ko‘rsatgan holda sudga xabar berishi shart.Agar shaxs sud undan talab qilayotgan ashyoviy dalilni taqdim etish yoki sud tomonidan belgilangan muddatda taqdim etish imkoniga ega bo‘lmasa, u sudning so‘rovini olgan kundan e’tiboran besh kunlik muddat ichida bu haqda uzrli sabablarini ko‘rsatgan holda sudga xabar berishi shart.Sud xabardor qilinmagan taqdirda, shuningdek, agar sudning ashyoni taqdim etish to‘g‘risidagi talabi sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra bajarilmasa, aybdor fuqarolar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortilishi mumkin.Jarima solish tegishli fuqarolar va mansabdor shaxslarni sud talab qilayotgan ashyoni taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi.


  1. Birinchi instansiya sudida Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilayotgan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning protsessda ishtirok etishi

52-modda. Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilayotgan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning protsessda ishtirok etishi
Davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar qonunda nazarda tutilgan hollarda, boshqa shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat etish huquqiga ega.Davlat boshqaruvi organlari o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish, fuqarolar, jamiyat va davlatning huquqlari, erkinliklari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida ish yuzasidan xulosalar berish uchun sud tomonidan sud protsessida ishtirok etishga jalb qilinishi yoki o‘z tashabbusi bilan protsessga kirishishi mumkin.


  1. Birinchi instansiya sudida Da’voni ta’minlash choralari


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə