Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Da’voni ta’minlash asoslari



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə121/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   121
Fuqarolik Javob 74

105-modda. Da’voni ta’minlash asoslari
Sud (sudya) da’voni ta’minlash choralarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasi yoki o‘z tashabbusi bo‘yicha ko‘rishi mumkin. Agar da’voni ta’minlash choralarini ko‘rmaslik sud hujjati ijrosini qiyinlashtirsa yoki uni bajarib bo‘lmaydigan qilib qo‘ysa, da’voni ta’minlashga yo‘l qo‘yiladi.Da’voni ta’minlashga sud protsessining har qanday bosqichida yo‘l qo‘yiladi.
Davlat foydasiga mulkiy undiruvlar bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqayotganda sud (sudya) da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishi shart.Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi arizada da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish asoslari va zaruriyati ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.Hakamlik sudida ko‘rib chiqilayotgan da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi arizani fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan ko‘rib chiqish va da’voni ta’minlash haqida ajrim chiqarish ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

  1. Yuqori sud instansiyalarida Sudning ish yuritishni to‘xtatib turish majburiyati

116-modda. Sudning ish yuritishni to‘xtatib turish majburiyati
Sud quyidagi hollarda ish yuritishni to‘xtatib turishi shart:
1) ishda taraf bo‘lgan fuqaro vafot etganda, agar nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ysa yoki ishda taraf bo‘lgan yuridik shaxs qayta tashkil etilganda;2) fuqaro (taraf) muomala layoqatini yo‘qotganda;3) javobgar — fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismida bo‘lganda yoki O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismidagi da’vogar — fuqaro tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilganda;4) mazkur ishni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha sud, jinoyat ishlari bo‘yicha sud, ma’muriy sud yoki iqtisodiy sud tomonidan ko‘rilayotgan boshqa ish yoki masala yuzasidan, shuningdek tergov olib borilayotgan ish yuzasidan qaror qabul qilguniga qadar ko‘rish imkoni bo‘lmaganda;5) taraf chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risida yoki uning ijrosini to‘xtatib turish haqida chet davlatning vakolatli organiga iltimosnoma berganda;
6) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risida kelishuv tuzilganda.
Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə