Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Dalillarni joyida ko‘zdan kechirish



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə18/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   121
Fuqarolik Javob 74

239-modda. Dalillarni joyida ko‘zdan kechirish
Sudga olib kelish imkoni bo‘lmagan yozma va ashyoviy dalillar ular turgan joyda ko‘zdan kechiriladi va tekshiriladi. Joyida ko‘zdan kechirishni o‘tkazish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi.
Dalillarni joyida ko‘zdan kechirish sudning butun tarkibi tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan, zarur hollarda esa ekspertlar, mutaxassislar va guvohlarni chaqirgan holda amalga oshiriladi.Raislik qiluvchi ko‘zdan kechirish joyiga yetib borgach, sud muhokamasi davom ettirilishi to‘g‘risida e’lon qiladi, sud muhokamasi ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo‘yicha olib boriladi. Ko‘zdan kechirish natijalari sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi. Bayonnomaga ko‘zdan kechirish paytida tuzilgan yoki tekshirilgan barcha rejalar, chizmalar, suratlar, hisob-kitoblar, hujjatlarning ko‘zdan kechirish vaqtida olingan ko‘chirma nusxalari, yozma va ashyoviy dalillarning videoyozuvlari, fotosuratlari, shuningdek ekspert xulosasi va mutaxassis maslahati ilova qilinishi mumkin.


  1. Bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan fuqaro qaytib kelishi yoki uning turgan joyi aniqlanishi oqibatlari.

309-modda. Bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan fuqaro qaytib kelishi yoki uning turgan joyi aniqlanishi oqibatlari
Bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan fuqaro qaytib kelgan yoki uning turgan joyi aniqlangan taqdirda, sud o‘zining ilgarigi hal qiluv qarorini yangi hal qiluv qarori bilan bekor qiladi. Yangi hal qiluv qarori tegishincha mol-mulkka nisbatan boshqaruvni yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftaridagi fuqaroning vafotiga doir yozuvni bekor qilish uchun asos bo‘ladi.


  1. Bir nechta da’vogarga yoki bir nechta javobgarga nisbatan qabul qilingan hal qiluv qarori.

256-modda. Bir nechta da’vogarga yoki bir nechta javobgarga nisbatan qabul qilingan hal qiluv qarori. Bir nechta da’vogarning talablari qanoatlantirilganda hal qiluv qarorining xulosa qismida sud ularning har biriga nisbatan uning qaysi qismi tegishliligini ko‘rsatadi.Bir nechta javobgarga nisbatan talablar qanoatlantirilganda sud hal qiluv qarorining xulosa qismida javobgarlar zimmasiga ulushli yoki solidar javobgarlik yuklatilganligini ko‘rsatadi.


  1. Bir nechta talabni alohida ish yuritishga ajratish


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə