Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Hal qiluv qarorining mazmuni



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə20/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   121
Fuqarolik Javob 74

253-modda. Hal qiluv qarorining mazmuni
Sudning hal qiluv qarori kirish, bayon, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi.
Hal qiluv qarorining kirish qismida ish raqami, hal qiluv qarori qabul qilingan vaqt va joy, hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi, sud majlisining kotibi, taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar ko‘rsatiladi.Hal qiluv qarorining bayon qismi o‘zida da’vogarning talabi, javobgarning e’tirozlari va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning tushuntirishlarini aks ettirishi kerak.Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida ishning sud tomonidan aniqlangan holatlari, sudning ish holatlari to‘g‘risidagi xulosalari asoslangan dalillar, sudning u yoki bu dalillarni rad qilganligi haqidagi xulosalari, sud amal qilgan moddiy va protsessual huquq normalari ko‘rsatilishi kerak.
272-modda. Ajrimning mazmuni
Sud ajrimida quyidagilar ko‘rsatiladi:1) ishning raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy;2) sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi, sud majlisining kotibi;3) ishda ishtirok etuvchi shaxslar, qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek soliq to‘lovchi qarzdor yuridik shaxsning identifikatsiya raqami;4) nizo predmeti va ajrim bilan hal qilinadigan masalaning mohiyati;5) sudning xulosasiga olib kelgan asoslar va sud amal qilgan qonunlar hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga havolalar;6) sudning hal etilayotgan masala yuzasidan xulosasi;7) ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddati.Sud tomonidan o‘z joyida chiqariladigan ajrim ushbu moddaning 4, 5 va 6-bandlarida sanab o‘tilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak.Ajrimning yozuvidagi xatolar va aniq ko‘rinib turgan arifmetik xatolar ushbu Kodeksning 261-moddasida nazarda tutilgan tartibda tuzatiladi.


  1. Birinchi instansiya sudida ashyoviy dalillarni talab qilib olish va taqdim etish tartibi


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə