Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. O‘n olti yoshga to‘lmagan guvohni so‘roq qilish tartibi



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə24/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   121
Fuqarolik Javob 74

231-modda. O‘n olti yoshga to‘lmagan guvohni so‘roq qilish tartibi
Raislik qiluvchi o‘n olti yoshga to‘lmagan guvohlarga ish bo‘yicha o‘zlari bilgan barcha ma’lumotlarni ro‘y-rost aytib berishi shart ekanligini tushuntiradi, biroq ular bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilmaydi.O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan guvohlarni so‘roq qilishda, sud lozim topgan taqdirda esa o‘n to‘rt yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan guvohlarni so‘roq qilishda ham mutaxassis (pedagog) va, zarur bo‘lgan taqdirda, ularning ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, ularning vasiylari va homiylari chaqiriladi. Mazkur shaxslar raislik qiluvchining ruxsati bilan guvohga savollar berishi mumkin.
Alohida hollarda, o‘n olti yoshga to‘lmagan guvohni so‘roq qilish vaqtiga ishda ishtirok etuvchi u yoki bu shaxs sudning ajrimi bilan sud majlisi zalidan chiqarib yuborilishi mumkin. Bu shaxs majlis zaliga qaytib kirganidan keyin unga voyaga yetmagan guvohning ko‘rsatuvlari o‘qib eshittirilishi va guvohga savollar berish imkoniyati taqdim etilishi kerak.O‘n olti yoshga to‘lmagan guvoh so‘roq qilib bo‘lingach, sud majlisi zalidan chiqarib yuboriladi, bundan sud bu guvohning majlis zalida bo‘lishini zarur deb topgan hollar mustasno.


  1. Birinchi instansiya sudida ish yuritishda isbotlash vositalari

71-modda. Isbotlash vositalari
Taraflarning talablari va e’tirozlarini asoslaydigan holatlarning mavjudligini yoki mavjud emasligini sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos bo‘ladigan har qanday faktik ma’lumot va ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlar fuqarolik ishi bo‘yicha dalillardir. Bu ma’lumotlar quyidagi vositalar, ya’ni: taraflarning va uchinchi shaxslarning hamda ular qonuniy vakillarining tushuntirishlari, guvohlarning ko‘rsatuvlari, yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari) bilan aniqlanadi.Anonim xatlarda va kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan yoki qonunni buzgan holda olingan boshqa ma’lumotlar dalil bo‘la olmaydi.Taraflarning va uchinchi shaxslarning tushuntirishlari, guvohlarning ko‘rsatuvlari ushbu Kodeksning 209-moddasida belgilangan tartibda videokonferensaloqa tizimidan foydalanish yo‘li bilan olinishi mumkin.

Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə